So’nggi yangiliklar

12:01"Хоразм"-"Бунёдкор": устунлик "қалдирғочлар" томонидами?  0 11:12Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Ҳожиакбаров: "Пахтакор"ни ютган "Навбаҳор"да ўзига ишонч юқори"   1 10:28"Реал"дан учралган мағлубиятдан сўнг Гвардиола нималар деди?  23 09:49Артета навбатдаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  4 09:21"Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборган Арбелоа нималар деди?  12 08:53Садио Мане Сенегалдан чемпионликни олиб қўйилганига кескин муносабат билдирди  9 08:25Гвардиола: "Ҳусанов учун бу EЧЛдаги илк тажриба йили бўлди"  17 07:57Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади  3 07:30Sofascore. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг юқори баҳога лойиқ кўрилди  10 07:30ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2  55 05:55Шиддатли кечган баҳсда ўсмирларимиз Марокашни мағлуб этишди  3 03:05ЕЧЛ. "Арсенал" жавоб учрашувида "Байер"ни мағлубияга учратиб, чорак финалга йўл олди  18 03:00ПСЖ "Челси"ни иккинчи учрашувда ҳам йирик ҳисобда мағлубиятга учратиб, кейинги босқичга йўл олди  41 02:56Даҳшат! Сенегалдан Африка чемпионлиги олиб қўйилди. Марокаш терма жамоаси финалдан икки ой ўтиб, Африка миллатлар кубоги ғолиби деб топилди!   42 02:55ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  383

"Fenerbaxche" "Al Ittihod"ni Kante va En-Nesiri transferini barbod qilishda aybladi Yangiliklar

"Fenerbaxche" "Al Ittihod"ni Kante va En-Nesiri transferini barbod qilishda aybladi

Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi Ngolo Kante va Yussef En-Nesiri ishtirokidagi transferlar nega amalga oshmay qolgani yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Avvalroq tomonlar Kanteni En-Nesiri va 4 million evro evaziga almashtirish bo'yicha kelishuvga erishgan edi. Biroq hujjatlardagi muammolar sabab transfer amalga oshmadi, FIFA esa klublarning apellyaciyasini rad etdi.

"Fenerbaxche" klubi bayonoti:

"Ngolo Kante va Yussef En-Nesiri transferi bo'yicha "Al Ittihod" bilan muzokaralar klubimiz tomonidan barcha parametrlar bo'yicha reja asosida olib borildi. Murabbiylar shtabining so'roviga ko'ra, futbolchilar bilan kelishuvga erishildi, tibbiy ko'riklar o'tkazildi va klubimiz o'z majburiyatlarini o'z vaqtida bajardi. Transferni ro'yxatdan o'tkazish uchun hujjatlar tizimga to'liq va to'g'ri yuklandi.

Biroq ikkinchi tomon (Al Ittihod) malumotlarni TMS tizimiga noto'g'ri kiritgani sababli, jarayon transfer oynasi vaqtida yakunlanmadi. Klubimiz FIFA bilan muzokaralar olib borib, vaziyatni o'nglashga harakat qildi. Shunga qaramay, Saudiya klubi hech qanday tushuntirish bermasdan jarayonni oxiriga etkazmadi. Natijada transfer amalga oshmay qoldi. Biz muxlislarimizning tushungan holda qo'llab-quvvatlashlariga ishonamiz", — deyiladi klub bayonotida.

Shunday qilib, Ngolo Kante Saudiya Arabistonida qoladigan bo'ldi, En-Nesiri esa Turkiyada faoliyatini davom ettiradi.

Reyting:    

Fikrlar

   
03 fev 23:34:38
Namozov Abbos
Kante ham mashg'ulotlarga qatnashmayotgan ekan
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика