Feliks "Atletiko"ni tark etish haqida o'ylamoqda
07 dek 2021 20:30
Yangiliklar
Feliks "Atletiko"ni tark etish haqida o'ylamoqda
Portugaliyalik o'zi bilan ro'y berayotgan Madriddagi holatdan norozi.
"Atletiko" hujumchisi Joau Feliks yanvar oyidayoq klubini o'zgartirishni istayapti. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Futbolchi Madrid klubida unga kam vaqt berilayotganidan norozi. Qolaversa, hujumchi Diego Simeone o'yin uslubiga to'g'ri kelmagani bois uning qo'l ostida rivojlana olmasligiga ishonmoqda.
Feliksning vakillari allaqachon unga yangi klub qidira boshlashgan. "Matraschilar" o'zlari talab qilgan summa takflif qilinsa, portugaliyalikni sotishga tayyor. "Atletiko" uni 2019 yilda "Benfika"dan 127 mln evro evaziga xarid qilgandi.
22 yoshli hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 12 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar