So’nggi yangiliklar

13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  0 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  10 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  4 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  0 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   11 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  8 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  11 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  6

"Favoritlarning mavsum boshida ochko yo'qotishi oddiy hol bo'ladi" - Viktor Karpenko Yangiliklar

"Favoritlarning mavsum boshida ochko yo'qotishi oddiy hol bo'ladi" - Viktor Karpenko

O'zbekiston Superligasining yangi mavsumi oldidan futbol jamoatchiligi orasida katta qiziqish va intizorlik hukm surmoqda.

Qishki yig'inlar, transferlar bozoridagi faollik, tarkiblardagi yangilanishlar — bularning barchasi yangi chempionatga bo'lgan qiziqishni yanada oshiradi. Mavsum starti arafasida O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Viktor Karpenko  o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'zbekiston Superligasining yangi mavsumi oldidan ko'plab jamoalar tarkibni muvozanatli shakllantirishga erishdi. Selekciya ishlari samarali olib borildi, sifatli legionerlar jalb etildi. Shu bois, jamoalar ijrosida yanada hujumkor futbolni ko'rish va chempionlik uchun kurash so'nggi turgacha davom etishini istaymiz", — dedi murabbiy.

Uning fikriga ko'ra, liga ancha raqobatbardosh, shuning uchun "So'g'diyona" yoki "Lokomotiv" darajasidagi jamoalar ham kutilmagan natijalar qayd etishi mumkin:

"So'g'diyona" — doim ham etakchilar qatorida bo'lmasa-da, o'tgan mavsumlarda barqaror o'yini bilan ajralib turgan va yuqori o'rinlar uchun kurashish salohiyatiga ega. "Lokomotiv" — yaqinda Pro-ligadan Superligaga qaytgan jamoa sifatida “sirli tulpor”ga aylanishi mumkin",- deydi Karpenko.


Karpenko ilk turlar ko'p hollarda jamoalarning haqiqiy salohiyatini to'liq aks ettirmasligini ham qayd etdi:

"Qishki yig'inlar va yangi futbolchilarning moslashuv jarayoni sabab start o'yinlari qiyin kechishi mumkin. Shu bilan birga, mavsum boshida favoritlar ochko yo'qotishi oddiy hol: kuchli jamoalar bazan o'rta pog'ona vakillariga qarshi kutilmagan natijalar qayd etadi, debyutantlar esa ishonchli o'yin namoyish qilishi mumkin. Ayniqsa, favoritlar safarda motivaciyasi yuqori autsayderlarga qarshi bahslarda sensacion natijalar bo'lishi ehtimoli katta",- deydi sobiq to'ptepar.

Sobiq futbolchi shuningdek, birinchi turning ilk uchrashuvlarini diqqat bilan kuzatishini malum qildi va barcha jamoalarga omad tiladi:

"Albatta, birinchi turning ilk uchrashuvlarini kuzataman. Umuman olganda, har qanday o'yin qiziqarli bo'ladi. Barcha jamoalarga mavsum davomida qo'yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishni tilayman",- deydi Karpenko.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика