So’nggi yangiliklar

08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  1 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  11 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  6 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  22 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21

Farrux Zokirov: "Davralar oralig'ida asosiy darvozabonimiz jamoani tark etdi" Yangiliklar

Farrux Zokirov: "Davralar oralig'ida asosiy darvozabonimiz jamoani tark etdi"

Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati 16-turidan o'rin olgan “Neftchi”-“Navbahor” (5:4) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Farrux Zokirov “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

“Neftchi” va “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv “derbi” maqomiga ega edi. Bu jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlar qaysi jamoa turnir jadvalida nechanchi o'rinda bo'lishidan qatiy nazar shiddatli tarzda kechadi. Hoh katta futbol, hoh futzal bo'lsin “Neftchi” va “Navbahor” jamoalari o'rtasida jiddiy raqobat yuzaga keladi. Bugungi uchrashuv ham aynan shunday uchrashuvlardan biri bo'ldi deb o'ylayman. Birinchi bo'limdan so'ng biz 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchrayotgan edik. Ikkinchi bo'limda uchrashuvda burilish yasab, yakunda 5:4 hisobida g'alaba qozondik.

Birinchi davrada safarda “Navbahor” jamoasi bilan uchrashuv o'tkazganimizda, birinchi bo'limda 4:1 hisobida yutqazayotgan edik, ikkinchi bo'limda shijoatni oshirib yakunda 4:4 hisobida durang qayd etgan edik. Tanaffusda shogirdlarimga xuddi shu o'yinni eslatdim, 1:3 hisobi bu mag'lubiyat degani emas, biz bugun g'alaba qozonishimiz kerak deb aytib o'tdim. Jamoamizning barcha futzalchilariga bugungi uchrashuvda ko'rsatgan mardonavor o'yinlari uchun rahmat aytaman.

Ikkinchi davrada jamoamizda yuzaga kelgan uchrashuvlar haqida aytib o'tadigan bo'lsam, avvalombor eng asosiy futzalchilarmizdan biri, darvozabon To'ychiboy Berdiev malum sabablarga ko'ra jamoamizni tark etdi. Hozirgi darvozabonimiz Elyorbek Domlaev ham yaxshi o'yin namoyish etmoqda, u asosiy darvozabonimiz jamoani tark etganligini bilintirmaslikka harakat qilmoqda. SHuningdek davralar oralig'ida tarkibimizga yosh futzalchilarni ham saralab oldik, ularni asta-sekin katta uchrashuvlarga moslashtirib borayapmiz. Umuman aytganda birinchi davrada faol ishtirok etgan asosiy tarkib futzalchilarini saqlab qolishga harakat qildik.

Bizni asosiy maqsadimiz – mavsum yakunida sovrindorlar qatoridan joy olish. “Neftchi” futzal jamoasi oldidagi asosiy vazifa ham shundan iborat. Bizda hozir tig'iz taqvim yuzaga kelmoqda. Xabaringlar bor, jamoamizning “Metallurg” futzalchilari bilan qoldirilgan uchrashuvi ham bor, ertaga “Navbahor” bilan ikkinchi uchrashuvni o'tkazamiz. “Metallurg” jamoasi bilan qoldirilgan uchrashuvdan so'ng “So'g'diyona” va AGMK jamoalari bilan ham qiyin uchrashuvlar bizni kutib turibdi. Yana bir bor bugungi uchrashuv uchun jamoamiz azolariga minnatdorchilik bildiraman.              


Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика