Farruh Zokirov: "Eron uchun alohida taktika ishlaganmiz"
28 jan 2023 20:58
Yangiliklar
Farruh Zokirov: "Eron uchun alohida taktika ishlaganmiz"
"CAFA WOMEN'S FUTSAL CHAMPIONSHIP-2023" musobaqasi ikkinchi turi doirasida Qirg'iz Respublikasi ustidan qozonilgan yirik g'alabadan keyin terma jamoamiz ustozi Farruh Zokirov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"Asosiy maqsadimiz g'alaba qozonish edi. Uddaladik, endi bor etiborimiz Eronga qarshi o'yin uchun tayyorlanishga qaratiladi. Birinchi bo'limda hisobni yiriklashtirib olganimiz tufayli tanaffusdan keyin barcha qizlarga o'yin amaliyoti berib, ularning holatini ko'rib oldik".
— Eron bugun 16ta gol urdi. Bo'lajak raqib qo'rqitmayaptimi?
— Yo'q. Biz futzalchilik davrimizdayoq bu bosqichdan o'tganmiz. Qizlarga ham shuni tushuntiramiz. Istalgan raqibga qarshi bemalol o'ynasa bo'ladi. Forslar uchun alohida taktik ishlanmalarimiz bor. Dastlabki 2 bahsda ularni ko'rsatmaslikka harakat qildik. Bizni ajoyib to'qnashuv kutib turibdi, deb bemalol ayta olaman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar