Farhod Nishonov: "Bizga vaziyatlarni yakunlashda tajriba va sovuqqonlik etishmayapti"
18 may 21:38
Yangiliklar
Farhod Nishonov: "Bizga vaziyatlarni yakunlashda tajriba va sovuqqonlik etishmayapti"
O'yin haqida
- Qiyin o'yin o'tkazdik. Bugungi uchrashuv oson o'tmasligini bilardik va shundan kelib chiqqan holda tayyorgarlik ko'rdik. "FarDU" jamoasida tajribali murabbiylar va futbolchilar bor. Shunday bo'lsa ham bugungi o'yinni g'alaba bilan yakunlay oldik.
- O'yin davomida o'zgarishlarni kam amalga oshirdingiz. Bunga sabab nima?
- Asosiy tarkibda harakat qilayotgan futbolchilarning harakatlaridan ko'nglim to'ldi. Shu bois bugungi uchrashuvda zaxiraga ko'p murojaat qilmadik. Biroq, bugungi o'yinni zaxirada o'tkazgan futbolchilarimiz ham anchayin mahoratli. Bugungi g'alabaga asosiy tarkibmi, zaxirami, barcha futbolchilar birdek o'z hissalarini qo'shishdi.
- Jamoa o'tgan yildan ko'ra anchayin o'sdi. Superliga yo'llanmasi qo'lga kiritilsa, qatnashasizlarmi?
- Albatta qatnashamiz. Maqsadimiz Superliga yo'llanmasiga qaratilgan. Bilasizmi, 16-22 yoshli futbolchilar jamoaga katta energiya bera oladi. Biroq, hozir bizga 24-30 yoshli futbolchilar kabi tajriba va sovuqqonlik etishmayapti. Ko'rayapsiz, ko'p vaziyatlar yaratayapmiz, biroq foydalanishda qiynalayapmiz. Jamoamiz tarkibi yosh va biz o'yindan-o'yinga tajriba to'plab boramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar