So’nggi yangiliklar

22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  0 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  33 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   8 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 20:21Ўртоқлик ўйини. Шомуродов ва Файзуллаев ўйинни асосий таркибда бошлади  8 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  6 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  3 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  3 18:07Гави: "Тер Штеген – клуб афсонаси, уни ҳурмат қилиш керак"  1 17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  0 17:10Гонконгга келган Златан Ибрагимович Брюс Ли билан "куч синашди", Гвардиол Хорватия махсус кучлари машғулотида қатнашди, Гвардиола мўйлов қўйди. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  3 16:50Винисиус Жуниор: "Мен кўп нарсага эришдим, лекин орзуларим ҳали тугамаган"  6 16:22"Наполи" "Ювентус" ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0 15:58Суперлига. 16-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Пахтакор" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  3

Farhod Abdumavlonov: "Uchinchi turdagi muvaffaqiyat uchun shifokorimizga rahmat aytaman" Yangiliklar

Farhod Abdumavlonov: "Uchinchi turdagi muvaffaqiyat uchun shifokorimizga rahmat aytaman"

16-22 yanvar kunlari bo'lib o'tgan futzal bo'yicha XXI milliy chempionat 3-turining eng yaxshi futzalchisi deb "Olmaliq" azosi Farhod Abdumavlonovni elon qilgan edik.

Quyida Abdumavlonov bilan uyushtirilgan kichik suhbatni etiboringizga havola etamiz.

- Avvalambor o'zbek va jahon futboli bilan bir qatorda futzalni ham doimiy yoritib borayotgani uchun CA ijodiy jamoasiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Saytingiz talqiniga ko'ra 3-turning eng yaxshi o'yinchisi bo'lganimdan hursandman. Bunga erishish o'z-o'zidan bo'lib qolmadi deb o'ylayman. Bunda murabbiy va jamoadoshlarimning katta hissasi bor, ularga ham rahmat aytmoqchiman, - deya so'z boshladi Farhod Abdumavlonov.

- Uchinchi tur qay darajada o'tdi?
- Tur jamoamiz uchun yaxshi o'tdi. 3-tur boshlanishidan oldin jamoada bir nechta o'yinchilar engil jarohat olishgan edi, lekin klub shifokori barchani o'yinlar boshlangunga qadar to'liq davolanishiga erisha oldi. Buning uchun shifokorimizga katta rahmat aytaman. Bu narsa bizga qo'shimcha kuch berdi desak ham bo'ladi va biz turni ko'tarinki ruhda o'tkazdik.

- "Do'stlik-AIN" bilan o'yin haqida fikringiz?
- "Do'stlik-AIN" yaxshi shakllangan jamoa. O'sha uchrashuvda bizga biroz omad etishmadi deb o'ylayman. Imkoniyatlarimizdan foydalanmaganimiz etmagandek, o'z darvozamizdan ham ikkita to'p o'tkazib yubordik. Futzalda ham futboldagi kabi "oltin qonun" bor: Sen urmasang, senga urishadi. SHunga qaramay, murabbiylarimiz bahs yakunida o'ynovchi darvozabonni maydonga tushirishga majbur bo'lishdi. Bu esa o'z so'zini aytdi va har ikki jamoa bir ochkodan ishladi.

- Jamoadoshlaringiz bilan kim ko'proq gol urishi borasida qandaydir bahs bormi?
- Klubimizda kim ko'p gol urish o'yini yo'q (kuladi). Albatta, gol urish har qanday o'yinchi uchun yoqimli bo'ladi. Gollar asosini jamoa tashkil qiladi, shu sababdan barcha gollarimda sheriklarimning hissasi bor deb o'ylayman va bu gollarni jamoaniki deb bilaman.



Tolibjon Qosimov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика