So’nggi yangiliklar

04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  0 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  11 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  21 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  0 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  23 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  1

Farhod Abdumavlonov: “O'zbek futzal jamoalari ham moliyaviy tomonlama kuchaymoqdalar” Yangiliklar

Farhod Abdumavlonov: “O'zbek futzal jamoalari ham moliyaviy tomonlama kuchaymoqdalar”

Ayni paytda Qozog'istonning CSKA jamoasida to'p surayotgan futzalchimiz Farhod Abdumavlonovning qozoq OAVlaridan biriga intervyu berdi.
Suhbatning o'zbek tilidagi ko'rinishini sizlar bilan o'rtoqlashishga qaror qildik.

Farhod Abdumavlonov Osiyo futzalida o'ziga xos o'ringa ega. Futbolchi hech qachon qita birinchiligida chempion bo'lmagan. Klub tarkibida ham, terma jamoasi safida ham. U mana uch yildirki Qozog'istonda to'p tepmoqda.

-   Farhod, siz uchun Qozog'iston chempionati nimasi bilan qiziqarli?
-   CHempionatda kuchli klublarning ishtirok etayotgani muxlislarni qiziqtiradi. Jamoalar legionerlar hisobiga kuchli hisoblanadilar. “Qayrat”, “Tulpor”, “Ayat” kabi jamoalarga qarshi o'ynash ajoyib.

-   Moliyaviy tomonlama o'ylab qaraydigan bo'lsak, qaerda to'p tepish yaxshi: Qozog'istondami yoki O'zbekistonda?

-   Bu yildan boshlab o'zbek jamoalari ham moliyaviy tomonlama kuchaymoqdalar. Jamoalarni moliyalashtirish deyarli bir xil. Qozog'istonda ozgina ko'p bo'lishi mumkin.

-   Qaysi chempionatning saviyasi yuqori?
-   Qozog'istonniki. UEFA Kubogi sohibi “Qayrat”ning ishtirok etishiyoq musobaqaning saviyasini ko'rsatib turibdi.

-   O'tgan mavsumda Qozog'istonda ko'p legionerlar ishtirok etdi. Hozirda esa faqat siz. (O'zbek futzalchilari nazarda tutilmoqda).
-   Boshqa yigitlarga ham Qozog'istondan taklif bor edi. Kimgadir jarohati halal berdi. Kimdir o'z yurtida qolishni istadi. Bazilar esa boshqa mamlakatga jo'nab ketdilar. Masalan, SHuhrat Tojiboev Xitoyning “Guanchjou” jamoasi safida to'p tepmoqda. O'ylaymanki, birinchi davra yakunlanganidan so'ng ham bir qancha o'zbek futzalchilarini ko'ramiz.

-   Siz Qozog'istonda ikkita mavsumda 68 ta gol urdingiz. Bu yil esa birinchi turdan keyinoq to'purarlikni qo'lga oldingiz. Nechta gol urishni rejalashtiryapsiz?
-   Har bir o'yinchi o'z oldiga turli hil vazifalar qo'yadi. Kimdir gol urishni istaydi. Har bir o'yin oldidan o'z gollarim bilan jamoamga yordam berishimni Xudodan so'rayman. Buning uchun yana omad ham kerak. Umuman olganda, hech qanday reja yo'q. Muhimi jamoaviy o'yin.

-   Nima uchun aynan CSKAni tanladingiz?
-   O'tgan yillar davomida jamoani ko'rdim va u erda yosh o'yinchilar to'p surishardi. Menga qo'ng'iroq qilib medallar uchun kurashadigan yangi jamoa tuzilayotgani hamda yordam berishimni so'rab qo'ng'iroq qilishdi. Tushunishimcha, jamoaga Mudofaa vaziring shaxsan o'zi muxlislik qiladi. Doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan jamoada to'p surishni istayman. Jamoadagi muhit yaxshi.

-   Toshkentda Qozog'iston terma jamoasi ishtirok etadigan turnir bo'lib o'tar ekan...
-   Ha, futzal milliy terma jamoalari o'rtasida qiziqarli musobaqa bo'lib o'tishi kutilmoqda. O'zbekiston, Qozog'iston va Ozarbayjondan tashqari Belarus terma jamoasiga ham taklif jo'natilgan. Terma jamoa yig'iniga taklif olganman. 25 noyabrda Toshkentga uchib ketaman. Sabrsizlik bilan ushbu o'yinlarni kutyapman.


Aziz To'xtamurodov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика