So’nggi yangiliklar

18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  3 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  3 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   8 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  4 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  9 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   2 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  17 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  11 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0 15:42Иньеста ростдан ҳам "Реал"га мухлис бўлганми?  4 15:21Холанд журналистлардан узр сўради  2 14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  2 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1

Farhod Abdullaev Markaziy Osiyo futbol associaciyasida ish boshladi Yangiliklar

Farhod Abdullaev Markaziy Osiyo futbol associaciyasida ish boshladi

FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev Markaziy Osiyo futbol associaciyasining Hakamlar qo'mitasiga rais etib tayinlandi.

U MOFA tarkibidagi qo'mitaga rahbarlik qiladigan ilk o'zbekistonlik bo'ldi.

43 yoshli Farhod Abdullaev O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining “Futbol” fakulteti magistri bo'lib, 2004 yilda “Futbol hakamlarining tayyorgarliklaridagi muammolari” mavzusida dissertaciya yoqlagan. 2007 yilda esa Hindistonda talim olib qaytgan.

Farhod Abdullaev mehnat faoliyatini 1993 yilda O'zbekiston chempionati o'yinlarida hakamlik qilish bilan boshlagan. 2001 yildan etiboran OFK va FIFA hakami sifatida o'yinlarni boshqargan. 13 yillik hakamlik faoliyatidan so'ng, hakamlar nazoratchisi sifatida 2007 yilda ish boshladi. 1 yil o'tib, Farhod Abdullaevni OFK Hakamlar boshqarmasiga ishga taklif qilishadi.

2009 yilda Farhod Abdullaev Osiyoning klublar o'rtasidagi eng nufuzli turniri CHempionlar ligasi musobaqalarining hakamlari nazoratchisi etib tayinlandi. Bundan tashqari, OFKning terma jamoalar o'rtasidagi barcha nufuzli musobaqalarining final bosqichida, ayniqsa, 2015 yilgi Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi musobaqasida ham shu vazifani muvaffaqiyatli bajargach, 2017 yilda Hindistonda bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga hakamlar nazoratchisi sifatida taklif qilindi. 2018 yilda esa, Rossiyada bo'lib o'tgan futbol olamining eng nufuzli turniri - jahon chempionati o'yinlarida hakamlar nazoratchisi sifatida ish olib bordi. O'zbek, rus va ingliz tillarida erkin so'zlasha oladi.

Takidlash kerakki, Farhod Abdullaev MOFA Hakamlar qo'mitasi raisligiga qadar, 2015-2016 yillarda OFKning hakamlar qo'mitasining azosi sifatida ham faoliyat yuritgan.

Farhod Abdullaevdan tashqari, shuningdek, eronlik Ahmadrizo Baratiy MOFAning Tartib-intizom qo'mitasi raisi etib tayinlandi. 42 yoshli Baratiy Ispaniyaning xalqaro sport huquqshunosligi instituti va Eronning bir qancha shu sohadagi talim muassasalarida ishlagan.

Mehnat faoliyati davomida Eron futbol federaciyasi, OFK va FIFAning Tartib-intizom qo'mitalarida ishlagan. 2018 yilda esa OFKning futbol menejerlarini tayyorlash xalqaro o'quv kursini tamomlagan. Ingliz va fors tillarida erkin so'zlasha oladi.

Malumot o'rnida aytib o'tish kerak, MOFAning qo'mitalari soni bugungi kunga kelib 4taga etdi. Hakamlar qo'mitasida - Farhod Abdullaev, Tartib-intizom qo'mitasida - Ahmadrizo Baratiy raislik qilayotgan bo'lsa, Marketing qo'mitasida - Afg'oniston Futbol Federaciyasi Bosh kotibi Sayid Ali Og'azoda, Musobaqalar qo'mitasida esa Qirg'iziston futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Dostonbek Konokbaevlar raislik qilishmoqda.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика