So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  15 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  25 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  14 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4 21:06Фалькао, Савиола, Эрматов, Кападзе, Аҳмедов, Умаров... Юлдузлар иштирокидаги баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  7 20:31Дешам Мбаппе нега "Реал"нинг "Вильярреал" билан ўйини учун қайдномага кирганига тушунмаяпти. Форвардни жароҳати сабаб Франция термасига чақиришмаганди  11 19:55"Андижон" ўз тарихида биринчи бор ОЧЛда иштрок этади  51 19:38"Андижон" драматик ўтган баҳсда "Навбаҳор"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  249

Farg'onadagi “Istiqlol” stadioni yangi mavsumga qanchalik tayyor? FOTO Yangiliklar

Farg'onadagi “Istiqlol” stadioni yangi mavsumga qanchalik tayyor? FOTO

Hademay mamlakatimizda super liga o'yinlari ham boshlanadi.

Bu yil nafaqat super va pro-liga uchrashuvlariga, balki terma jamoamizning shhrtoylik bellashuvlariga ham mezbonlik qilishi kutilayotgan “Istiqlol” stadioni yangi mavsumga qanchalik tayyor?

Kecha Farg'onaga safar uyushtirib, “Istiqlol” stadionining bugungi xolati, bo'lajak mavsumga tayyorgarlik ishlari qay darajada olib borilayotganini bilish maqsadida stadion direktori Ilhom aka Sobidov bilan muloqotda bo'lib, ayrim savollarga oldik. Juda ham kamtar va OAVdan hech qachon o'zini olib qochmaydigan Sobidov bu safargi tashrifimizdan xursand bo'lganini izhor etib, yumushlari ko'p bo'lishiga qaramay, o'zi boshchiligida stadionning bugungi xolati bilan bizni yana bir bor tanishtirib chiqdi.  

Malumot uchun, ushbu “Istiqlol” stadioni 20 000 tomoshabinga mo'ljallangan bo'lib, 2015 yili foydalanishga topshirilgandi.Stadionning ochilishi yuqori saviyada bo'lishi uchun O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Yangi Zelandiyaga qarshi o'tkazgan o'rtoqlik uchrashuvi aynan ushbu stadionda tashkil etilganini muxlislar yaxshi eslashsa kerak.


Xullas stadionga kirib borar ekanmiz, darvoza oldida bizni tabiiyki ko'riqchilar (qorovul) kutib oldi. Maqsadimizni aytganimizdan so'ng, bizni stadion direktorini qabuliga olib kirdi. Stadion ichi va atrofi juda ham ozoda saqlanayotgani etiborimizni tortdi. “Istiqlol” stadionida foydalanishga topshirilganiga ko'p vaqt bo'lmagani sababli ham hozircha jiddiy tamirlash ishlariga muhtoj emas. SHuning uchun ayrim joylari bir qator kosmetik tamirdan chiqarilayotgan ekan.  

Bu yil Farg'ona shahridan “Neftchi” jamoasi super liga o'yinlarini ushbu stadionda o'tkazadi. Viloyatning yana bir vakili “Istiqlol” jamoasi esa pro-ligada qatnashadi. Ayni damda stadion mamuriyati pro-liganing o'yinlar jadvalini ham kutmoqda. Agarda “Neftchi” va “Istiqlol” uy uchrashuvlari bir-biriga halaqit bermasa, har ikki jamoa ham viloyatdagi birinchi raqamli stadion bo'lib turgan “Istiqlol”da o'ynashi turgan gap.  

Malumki, 1 mart kuni super ligaga start beriladi. SHu kuni “Neftchi” Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qiladi. Qolaversa 21 mart kuni Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini aynan Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida o'tkazadi. Ilhom aka Sobidovning aytishicha, “Istiqlol”da o'tadigan har bir o'yinga chiptalar stadion mamuriyati tomonidan sotuvga chiqariladi. Hozircha chiptalar narxi qanday bo'lishligi haqida aniq bir to'xtamga kelinmagan.  

"O'zbekiston professional futbol ligasining 2018 yil bo'yicha ishlab chiqqan reglamentiga ko'ra, super liga o'yinlari kechki soatlarda boshlanishi talab etiladi. SHuningdek muxlislar uchun ham qulay sharoitlar yaratilishi ko'zda tutilgan  – Uchrashuvlarning kechki vaqtga qo'yilishi talab qilinayotganidan xabarimiz bor. Bu borada bizda ortiqcha muammo yo'q emas. Reglament bo'yicha ish tutamiz. Stadionimizning yoritgichlari 1200 lyuks kuchga ega. 600 kishiga mo'ljallangan xojatxona ham mavjud. SHundan 100tasi ayollar uchun, 50tasi nogironlarga mo'ljallangan. Bu yildan stadionning sektoriga kirish qismida maxsus savdo do'konlarimiz ham faol tarzda ishlab turadi. Ishqibozlar nafaqat o'yindan balki stadionga kirib rohatlanib chiqib ketishini istaymiz. Biz eng avvala muxlislar uchun ishlaymiz" – deydi “Istiqlol” stadioni direktori I.Sobidov.  

- Klubning futbolka, sharf, kepka kabi atributkalarini sotuvini ham yo'lga qo'yish rejadan o'rin olgan. Faqat bu borada “Neftchi” rahbariyati bilan maslahatlashib olishimiz kerak. Yaqin orada bu bo'yicha ham aniq bir qarorga kelinadi – deya so'zini davom ettirdi I.Sobidov.  

Tabiiyki stadionga tashrifimiz chog'ida, maydonning xolati bilan tanishib chiqdik. “Istiqlol” stadionida bitta tabiiy va bitta suniy qoplamali maydon mavjud. Tabiiy maydonning chimi Gollandiyadan keltirilgan bo'lib, stadion mamuriyati shu kungacha o'zi mineral o'g'itlar bilan maydonga jiddiy etibor qaratib kelmoqda. Rasmiy bahslar boshlanguniga qadar, maydonning xolati yanada yaxshi xolatda bo'lishi kutilmoqda.  


Islombek Rustambekov.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика