So’nggi yangiliklar

18:06"Бунёдкор" стадионида тахминан 2 ой футбол ўйнаб бўлмайди  0 17:53Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон". Таркиблар эълон қилинди  0 17:39Суперлига. "Шўртан" "Бунёдкор"ни Тошкентда ютмаган  0 17:15"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди  2 16:52"Одатда майдон ўзига келиши учун 6-8 ҳафта керак бўлади. Билим бўлмаса, бир зумда майдонни "ўлдириб қўйиш" мумкин" — агроном  6 16:32Суперлига. "Қизилқум" – "Бухоро". Превью  2 16:16Концертдан кейинги "Бунёдкор"  16 16:04Суперлига. 18-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  6 15:50Арда Гюлер Женнифер Лопезнинг концертига ташриф буюрди, Антуан Гризманн касбини ўзгартиради. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  8 15:30Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон". Превью  2 15:07"Қизилқум" собиқ футболчиси Сербия клубига қайтди  0 14:40"Челси" асосий ҳимоячиси машғулот вақтида жароҳат орттириб олди  4 14:12Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди  1 13:42"Тоттенхэм" асосий ярим ҳимоячисини узоқ вақтга йўқотди  0 13:14Расман: "Реал" собиқ ҳужумчиси "Алавес"га ўтди  0

Farg'onada O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi Yangiliklar

Farg'onada O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi

Farg'ona mini-futbol associaciyasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag'ishlangan musobaqa o'tkazildi.

“Farg'oaazot” AJ ishchi xodimlari o'rtasida o'tkazilgan ushbu turnirda 9 ta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda kurashga kirishishdi. O'yinlarning har biri shiddatli kurashlarga boy tarzda o'tdi.

O'z guruhida birinchi va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar yarim finalga yo'llanma olishdi.

Birinchi yarim finalda “Taminot xizmati” va “Mexanik” jamoalari ro'baro' kelishdi. Uchrashuvda taminotchilar katta tashabbusga ega bo'lishdi va raqiblarini yirik 8:1 hisobida dog'da qoldirishidi.

Ikkinchi yarim finalda “Sotish xizmati” va IKT jamoalari maydonga tushishdi. Ushbu bahs ham gollarga boy bo'lib, “Sotish xizmati” jamoasi 8:5 hisobida raqibidan ustun keldi.

Final o'yini murosasiz va keskin kurashlar ostida o'tdi. Uchrashuv davomida biroz ustunlikka ega bo'lgan “Sotish xizmati” futbolchilari 5:3 hisobida g'alaba qozonishdi va bosh sovrin egasiga aylanishdi.


Musobaqa yakunida turli nominaciya g'oliblari ham aniqlandi. O'nga ko'ra, turnirning eng yaxshi o'yinchi deb, “Sotish xizmati” jamoasi vakili – Nodir Usmonov tan olindi.

Malumot o'rnida Nodir Usmonov bundan bir necha yil oldin katta futbolda faoliyat yuritgan va “Qo'qon-1912” hamda “Neftchi” klubilarida to'p surganini aytib o'tish joiz.

Eng yaxshi darvozabon sifatida “Moliya bo'limi” jamoasi azosi – Alisher Hojikamolov etirof etildi.
Musobaqa to'purari – “Taminot xizmati” jamoasi o'yinchchisi SHukurjon Yorbekov bo'ldi.
Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar xomiylar tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

- Bunday musobaqalar viloyatimizda futzalni rivojlantirish bilan bir qatorda tashkilot ishchilari o'rtasidagi do'stlik rishtalarini yanada mustahqkamlash uchun xizmat qiladi, deydi Farg'ona mini-futbol associaciyasi vice-prezidenti Ulug'bek Hakimov. – Bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz. Oldinda qiladigan ishlarimiz hali ko'p. Yil yakuniga qadar yana bir qator turnirlarni tashkil etishni rejalashtirganmiz. Viloyatimizda ommaviy futbol, xususan mini-futbolni rivojlantirish uchun eng shimarib ishga kirishdik. Bu borada bizni qo'llab-quvvatlab kelayotgan viloyat hokimligi va viloyat futbol federaciyasiga o'z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman.

Abror Dehqonov


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика