So’nggi yangiliklar

11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  0 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  5 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  5 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  10

Farg'onada “O'FA Kubogi” bahslari bo'lib o'tdi Yangiliklar

Farg'onada “O'FA Kubogi” bahslari bo'lib o'tdi

Teglar :  O'FA kubogiFarg'ona
Malumki, O'zbekiston futbol Associaciyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun o'zaro memorandum imzolagandi.

Ana shu memorandum asosida yurtimizdagi Oliy talim muassasalari o'rtasida futbol bo'yicha “O'zbekiston futbol Associaciyasi Kubogi” musobaqalarini o'tkazishga kelishib olingandi.

O'FAning tasdiqlangan rejasiga asosan 5-9 mart kunlari Farg'onada  «O'FA Kubogi»ning birinchi bosqich o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda viloyatdagi to'rtta Oliy talim muassalari jamoalari ishtirok etishdi. Bular Farg'ona davlat Univetsitetining “FarDU”, Farg'ona politexnika institutining “FarPI”, Toshkent Axborot Texonologiyalari Universitetining Farg'ona filaialining “TATU” va Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Farg'ona filialining “TTAFF” jamoalaridir.

Talabalar Farg'ona futbol akademiyasiga qarashli maydonda o'zaro ikki davrali tizimda kurash olib borishdi. Musobaqalar shiddatli va keskin kurashlar ostida o'tib, unda talabalar o'z mahoratlarini namoyish etishga harakat qilishdi.


O'tkazilgan o'yinlar natijasiga ko'ra, birinchi o'rin “FarDU” jamoasiga nasib etdi. Farg'ona davlat universtiteti talabalari birinchi bosqich g'olibi sifatida 2-bosqichga yo'llanma olishdi. Endi ular Namangan va Andijon viloyatida birinchi o'rinni olgan jamoalar bilan maydonga tushishadi.

Tan olish lozim, O'FAning mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirish borasida olib borayotgan tizimli islohotlari barchani birdek quvontirmoqda. O'FA rahbarlari ommaviy futbolni rivojlantirishga jiddiy etibor qaratmoqda. Bu borada associaciyasi rahbarlari bir qator tashkilotlar bilan memorandumlar imzolagani ishlar to'g'ri yo'lga qo'yilganidan dalolat bermoqda. Albatta, bu islohaotlar yaqin orada o'z samarasini berishi shubhasiz.

Talabalar o'rtasida bo'lib o'tayotgan “O'FA Kubogi” bahslari orqali sportsevar talabalar o'z imkoniyatlarini chamalab olish bilan bir qatorda yoshlarni manaviy boy va jismonan sog'lom etib tarbiyalash, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tishini taminlash, yoshlarni sog'lomlashtirish uchun futbol o'yinlariga jalb etishdan iborat.



«O'FA Kubogi» Farg'ona viloyati

1-bosqich yakunlari:
1-o'rin FarDU
2-o'rin FarPI
3-o'rin TTAFF
4-o'rin TATU

Abror DEHQONOV

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика