So’nggi yangiliklar

14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  2 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  3

“Farg'ona viloyati Hokimi kubogi-2017” kundaligi: Oltinchi kun Yangiliklar

“Farg'ona viloyati Hokimi kubogi-2017” kundaligi: Oltinchi kun

Farg'onada davom etayotgan “Viloyat Hokimi Kubogi-2017” musobaqasida tobora qizg'in pallasiga kirib bormoqda.
Kecha musobaqada uchta o'yin o'tkazildi.

 

GOLLARGA BOY O'YIN

Namanganning “Navbahor” jamoasi ham nihoyat, musobaqada g'alaba qozondi. Kecha namanganliklar birinchi liga vakili – “O'z Dong Ju”ga qarshi maydonga tushdi. Gollarga boy bo'lgan uchrashuvda “Navbahor” futbolchilari 3:2 hisobida raqibdan ustun kelishdi.

“A” guruhi

3-tur

“O'z Dong Ju” – “Navbahor” – 2:3

 

3-turdan keyingi vaziyat:

Istiqlol 3 2 1 0 5-3 7
Neftchi-1 2 1 1 0 5-3 4
Navbahor 2 1 0 1 3-3 3
O'z Dong Ju 3 0 0 3 6-10 0

 

"QO'QON-1912" DAN YIRIK G'ALABA

No'mon Hasanov shogirdlari uchun navbatdagi tur o'yini muvaffaqiyatli bo'ldi. “Qo'qon-1912-1” jamoasi Quvasoyning “Cementchi-1” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. O'yinda katta tashabbusga ega bo'lgan futbolchilarimiz yirik hisobda g'alaba qozonishdi.

41-daqiqada Filip Rayevac darvozabon birga-bir vaziyatga chiqib borib, darvozani ishg'ol etdi va hisobni ochdi. Serbiyalik hujumchi o'tgan uchyarashuvda ham o'z hisobiga gol yozib qo'ygandi.

48-daqiqada Suhrob Berdiev penaltidan gol urib hisobni oshirdi.

O'yin yakunlanishi arafasida Andrey Sidirov boshi bilan quvasoyliklar darvozasini aniq nishonga oldi va hisobni yirik kurinishga olib keldi.

SHunday qilib, jamoamiz musobaqadagi yirik g'alabasini qo'lga kiritdi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuv gollarga boy bo'ldi. “Mashal-1” jamoasi birinchi liga vakili – “Norin” darvozasiga oltita to'p kiritdi.

“Viloyat Hokimi Kubogi-2017”

“B” guruhi

3-tur

“Qo'qon-1912-1” – “Cementchi-1” – 3:0 (1:0)

Hakamlar: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Aziz Tolipov.

Gollar: Filip Rayevac-41, Suhrob Berdiev-48, Andrey Sidirov-88.

“Qo'qon-1912-1”: 13. Nikita Ribkin, 6. Bahodir Akramov 7. Jamshid Hasanov (17. Andrey Sidirov-63), 8. Akmal Xolmurodov, 10. Javohir Sidiqov 11. Nikola Valentich (19. Avaz Mamatxo'jaev-60), 15. Oybek Rustamov (70. Sobir Hamidov-57), 23. Jalil Kimsanov, 24. Filip Rayevac, 29. Suhrob Berdiev (75. Ibrohim Rahimov-66), 31. Darko Gojkovich.

Zaxira: 12. Aziz Ashurov, 90. Orif Mamajonov, 99. Muhammadanas Hasanov.

“Cementchi-1”: 16. Ilhom Jumanov, 2. Jo'rabek Yoqubov, 3. Oqilbek Mahmudov, 4. Rahmatullo Meliboev (18. Islom Karimov-61), 5. Abduholiq Qurbonov, 6. Otabek Ahmadjonov, 7. Davron Isaqov, 9. Sarvar Sotivoldiev, 10. Elyor Akbarov (15. Nurlibek Talasbaev-54), 13. Umid Matmusaev (19. Fexruz Salohiddinov-57), 27. Davron Mamatov.

Zaxira: 1. Dilmurod Mamayusupov, 8. Muhammadsulton Fozilov, 17. Amirxon Ibrohimov, 20. Asror Rahmonov.

“Norin” – “Mashal-1” – 1:6

 

3-turdan keyingi holat:

Mashal-1 3 2 0 1 9-3 6
Qo'qon-1912-1 2 1 1 0 4-1 4
Andijon 2 1 1 0 2-1 4
Norin 2 1 0 1 2-6 3
Cementchi-1 3 0 0 3 1-7 0

 

 

YOSHLARIMIZ UCHUN MUHIM O'YIN

Bugun yoshlarimiz muhim o'yinda maydonga tushishadi. O'tgan turda “Mashal-2”ga yutqazib qo'ygan Muhsin Nizomiddinov shogirdlari bugun guruhimiz peshqadamiga aylanib qolgan “FarDU” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Farg'ona davlat universiteti sport majmuasi stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat soat 11:00da boshlanadi.

 

Bugungi o'yinlar anonsi:

“S” guruhi

4-tur

1 fevral

Neftchi-2 – Farovon soat 11:00 Neftchi SK

Yozyovon lochinlari – Barkamol avlod soat 14:30 Neftchi SK

 

“D” guruhi

4-tur

1 fevral

Qo'qon-1912-2 – FarDU soat 11:00 FarDU SM

Cementchi-2 – Sirdaryo soat 14:30 Neftchi FM

Mashal-2 – O'z Tong Xong Ko soat 14:30 FarDU SM

 

Abror DEHQONOV

 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика