So’nggi yangiliklar

15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  2 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2

"Farg'ona viloyati Hokim kubogi". "Qo'qon-1912" "Cementchi"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

"Farg'ona viloyati Hokim kubogi". "Qo'qon-1912" "Cementchi"ni yirik hisobda mag'lub etdi

"Farg'ona viloyati Hokim kubogi" doirasida "Qo'qon-1912" va "Cementchi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvni vakillarimiz shiddatli hujumlar ostida boshlashdi. No'mon Hasanov shogirdlari ilk daqiqalardan raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Lekin ketma-ket tashkil etilgan hujumlar samarasiz yakunlanaverdi. 41-daqiqada hisob ochildi. Filip Rayevac darvozabon birga-bir vaziyatga chiqib borib, darvozani ishg'ol etdi. Birinchi bo'lim shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi taym jamoamiz uchun omadli boshlandi. 48-daqiqa o'tib borayotgan paytda quvasoyliklar o'z jarima maydonchalari ichida Suhrob Berdievni chalib yiqitishdi. Bosh hakam “Cementchi-1” darvozasi tomon penalti belgiladi. O'n bir metrli nuqtaga Berdievning o'zi yaqinlashdi. Suhrobning zarbasini quvasoyliklar posboni qaytarishga ojiz qoldi.

Oradan ikki daqiqa o'tib, Berdiev-Rayevac ijrosida ajoyib kombinaciya tashkil etildi. So'nggi pallada Filipning zarbasiga aniqlik etishmadi.

68-daqiqada Andrey Sidirovda yaxshi imkoniyat vujudga keldi. Lekin hujumchimizga aniqlik etishmadi. 78-daqiqada yana Sidirov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. 81-daqiqada Rayevac tomonidan kiritilgan gol inobatga olinmadi. Hakamlar serbiyalik hujumchini o'yindan tashqari holatda qolib ketdi deb topishdi.

88-daqiqada Andrey Sidirov boshi bilan quvasoyliklar darvozasini aniq nishonga oldi va hisobni yirik kurinishga olib keldi.

SHunday qilib, jamoamiz musobaqadagi yirik g'alabasini qo'lga kiritdi.


 
“Viloyat Hokimi Kubogi-2017”

“B” guruhi

3-tur

“Qo'qon-1912-1” – “Cementchi-1” – 3:0 (1:0)
Hakamlar
: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Aziz Tolipov.
Gollar:  Filip Rayevac-41, Suhrob Berdiev-48, Andrey Sidirov-88.

“Qo'qon-1912-1”: 13. Nikita Ribkin, 6. Bahodir Akramov 7. Jamshid Hasanov (17. Andrey Sidirov-63), 8. Akmal Xolmurodov, 10. Javohir Sidiqov 11. Nikola Valentich (19. Avaz Mamatxo'jaev-60), 15. Oybek Rustamov (70. Sobir Hamidov-57),  23. Jalil Kimsanov, 24. Filip Rayevac, 29. Suhrob Berdiev (75. Ibrohim Rahimov-66), 31. Darko Gojkovich.
Zaxira: 12. Aziz Ashurov, 90. Orif Mamajonov, 99. Muhammadanas Hasanov.

“Cementchi-1”:  16. Ilhom Jumanov, 2. Jo'rabek Yoqubov, 3. Oqilbek Mahmudov, 4. Rahmatullo Meliboev (18. Islom Karimov-61), 5. Abduholiq Qurbonov, 6. Otabek Ahmadjonov, 7. Davron Isaqov, 9. Sarvar Sotivoldiev, 10. Elyor Akbarov (15. Nurlibek Talasbaev-54), 13. Umid Matmusaev (19. Fexruz Salohiddinov-57), 27. Davron Mamatov.
Zaxira: 1. Dilmurod Mamayusupov, 8. Muhammadsulton Fozilov, 17. Amirxon Ibrohimov,  20. Asror Rahmonov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика