FAKTLAR: "So'g'diyona"da g'alabasiz seriya davom etadi. Yaypan osmonida 7ta o'yindan so'ng "qora" bulutlar tarqaldi
26 okt 2023 20:55
Yangiliklar
FAKTLAR: "So'g'diyona"da g'alabasiz seriya davom etadi. Yaypan osmonida 7ta o'yindan so'ng "qora" bulutlar tarqaldi
Yaypandagi oqshomda "Turon" - "So'g'diyona" to'qnash keldi. Pro liga eshigi oldida turgan jamoa nihoyat g'alaba qozongan bo'lsa, "So'g'diyona" muvaffaqiyatsizlik girdobidan chiqib keta olayotgani yo'q. Quyida shu va boshqa muhim faktlarga to'xtalib o'tamiz.
Turon Xurshidbek Muxtorov - 58' Superliga. 23-tur 26/10/2023, 18:15
So'g'diyona
— "Turon"ning 7 o'yinlik g'alabasiz seriyasi yakuniga etdi. Jamoa so'nggi marotaba 5 avgust kuni Superliga doirasida Yaypanda "Nasaf"ni mag'lubiyatga uchratgan edi.
"Turon" - "Nasaf" 1:0
5 avgust 2023 yil. Yaypan, "O'zbekiston" stadioni. 20:00
Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Obid Jumaev, Jasur Rustamov, Nikita Mustafin.
Nazoratchi: Timur Galeev.
Komissar: SHohruh Said.
Gol: 1:0 — 22, Humoyun Murtozaev (Abdulazizxon Abdurashidov)
"Surxon" - "Turon" 1:0
"Turon" - "Bunyodkor" 1:2
"Olimpik" - "Turon" 2:0
"Turon" - "Nasaf" 1:2 (O'zbekiston kubogi)
"Navbahor" - "Turon" 5:0
"Turon" - "Metallurg" 1:1
"Paxtakor" - "Turon" 3:0

— "So'g'diyona"ning Superligadagi g'alabasiz seriyasi 6ta o'yinga etdi. Ivan Boshkovich shogirdlari 26 avgust kuni "Navbahor"ni mag'lub etgandan so'ng hali 3 ochko qo'lga kirita olgani yo'q.
"Metallurg" - "So'g'diyona" 3:1
"So'g'diyona" - "Paxtakor" 1:1
"Qizilqum" - "So'g'diyona" 4:2
OKMK - "So'g'diyona" 3:2
"So'g'diyona" - "Andijon" 1:2
"Turon" - "So'g'diyona" 1:0
— "So'g'diyona" mehmonda 6ta o'yindan buyon raqibini taslim qila olmayapti. Jamoa so'nggi bor 30 iyul kuni Toshkentda "Bunyodkor" ustidan zafar quchgandi.
— Xurshid Muxtorov bu mavsum "Turon" libosida 3 golini urdi. Bu o'yinlarda uning jamoasi 4 ochko ishladi.

— Tarix takrorlandi. "So'g'diyona" mehmonda "Turon"ga gol urishni uddasidan chiqa olmayapti. 2021 yil ilk bor Yaypanga kelgan jizzaxliklar ortga 0:1 hisobidagi mag'lubiyat bilan qaytgandi.
2021 yil. Superliga 15-tur
"Turon" - "So'g'diyona" 1:0
Gol: Fozil Musaev 24
Malumot uchun, "So'g'diyona" navbatdagi uchrashuvini 4 noyabr kuni o'z maydonida "Buxoro"ga, "Turon" esa 1 noyabr kuni mehmonda OKMKga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar