Fakt: "Dinamo" Samarqandda 17 yildan buyon "Nasaf"ni yuta olmayapti
06 iyu 11:48
Yangiliklar
Fakt: "Dinamo" Samarqandda 17 yildan buyon "Nasaf"ni yuta olmayapti
Superliga 15-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Nasaf" uchrashuviga qiziqish yuqori.
Jamoalar shu kunga qadar Superligada 44 marta to'qnashgan. Tarixiga nazar tashlasak, ustunlik mutlaqo "Nasaf" tomonida. "Ajdarlar" 23 uchrashuvda g'alaba qozongan, "Dinamo" 8 bor zafar quchgan, 13 bellashuv durang bilan yakunlangan.
Samarqandda o'tgan 22 uchrashuvdan 8 tasida "Nasaf" g'alaba qozongan, 5 o'yinda esa mezbonlar — "Dinamo" 3 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan. Qolgan 9 bellashuvda jamoalar bir ochkodan bo'lishib olgan.
Qizig'i shundaki, "Dinamo" raqibini o'z uyida oxirgi marta 2008 yilda mag'lub etgan — o'shandagi 3:0 hisobidagi g'alaba qayd etilgan. Bugungi uchrashuv 20:00 Samarqanddagi "Dinamo" stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar