Fabricio Romano: Florian Virc "Liverpul" bilan shartnoma imzoladi
24 may 11:58
Yangiliklar
Fabricio Romano: Florian Virc "Liverpul" bilan shartnoma imzoladi
"Bayer" hujumkor yarim himoyachisi Florian Virc Angliyaning "Liverpul" klubi bilan shartnoma imzoladi deya xabar bermoqda taniqli insayder Fabricio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Manbaga ko'ra, futbolchi tomoni ingliz klubi bilan shartnomaning barcha shaxsiy tafsilotlarini kelishib olgan, shundan so'ng yozma shartnoma tuzilgan. Endi futbolchining transferi bo'yicha klublar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib borilmoqda.
Manbaning yozishicha, "Bayer" ham transferni amalga oshirishga tayyor. Klub transferni kechiktirmoqchi emas, chunki Virc mersisaydliklar safiga o'tish istagini bildirgan.
Virc joriy mavsum barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 140 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar