So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  0 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  1 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

"Eyr Fors" bosh murabbiyi: "Paxtakor" xalqaro maydonda qanday ishtirok etishni juda yaxshi biladi" Yangiliklar

"Eyr Fors" bosh murabbiyi: "Paxtakor" xalqaro maydonda qanday ishtirok etishni juda yaxshi biladi"

Teglar :  Eyr ForsBosim Qosim
OCHL-2019 saralashi doirasidagi "Paxtakor" - "Eyr Fors" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda "Paxtakor"ni qo'lga kiritilgan juda muhim g'alaba bilan tabriklayman. Har ikkala jamoa ham bugun o'zining eng yaxshi o'yinini namoyish etishga harakat qildi. Bazi etakchilarimizning yo'qligi bizga pand bergandir. Jarima to'pidan urilgan ikkinchi goldan so'ng barchasi hal bo'ldi", - deydi Bosim Qosim.  

- Birinchi bo'limda ko'proq himoyada o'ynadinglar, ikkinchi taymda shogirdlaringiz ko'p yotib olishdi. Gol o'tkazilgach esa hujumga o'tdinglar. Qo'shimcha taymlar rejangizda bormidi?
- Bizning rejamiz 90 daqiqa ichida g'alaba qozonish edi. Ammo futbolda raqibga ham qarab o'ynash kerak. Gol o'tkazgach bunga javob berishimizga to'g'ri keldi. Unga qadar barchasi yaxshi ketayotgan edi.

- Bugungi mag'lubiyatning asosiy sababi nimada? "Paxtakor" o'yinini kuchaytirish uchun keyingi o'yinlarda qanday tavsiya bergan bo'lardingiz.
- "Paxtakor" jamoasini oldindan yaxshi jamoa ekanini bilamiz. Ayniqsa jarima to'plarini yaxshi amalga oshirishadi. Mag'lubiyatga asosiy sabab ikkinchi o'tkazilgan gol bo'ldi.

- Birinchi taymdagi to'xtalishgan jamoangizga qanday tasir qildi?
- Bunday holatlar kamdan kam bo'lsa ham bo'lib turadigan holat. Bazi futbolchilar bunday vaziyatda ishtiyoqini yo'qotib qo'yadi. Endigina qizigan tanasi sovub qolgan bo'lishi mumkin.


- Arab jamoalarida mag'lubiyatlardan keyin murabbiyni darhol istefoga chiqarib yuborishi odatiy holga aylangan. Bugungi mag'lubiyat sizning keyingi faoliyatingizda qanday tasir qiladi?  "Paxtakor"ning OCHLdagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Guruh bosqichiga chiqishiga ishongim kelayapti. Qolaversa jamoa standart vaziyatlardan unumli foydalanishni o'rniga qo'ymoqda. Bundan tashqari "Paxtakor" xalqaro maydonda qanday o'ynashni juda yaxshi biladi.  

Narzulla Saydullaev

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика