Eydur Gudonsenning o'g'li “Real”dan ketdi
11 iyu 2022 08:20
Yangiliklar
Eydur Gudonsenning o'g'li “Real”dan ketdi
Andri Gudonsen “Real”ni tark etib, shved klubi “Norrcheping” safiga borib qo'shiladi.
Andri “Barselona” va “CHelsi” sobiq azosi Eydur Gudonsenning o'g'li hisoblanadi. U 2018 yil “Real”ning yoshlar jamoasiga o'tgan. Keyin esa “Barselona” va “Espanol” akademiyalarida tahsil oldi. 2021 yildan boshlab kichik Gudonsen “Real Kastilya”ga o'tkazildi. SHuningdek, u “Real”ning asosiy jamoasi qaydnomasidan ham o'rin egalladi, ammo maydonga tushmadi.
Qayd etilishicha, Andri Gudonsen madridliklarni erkin agent sifatida tark etmoqda. “Norchepping” 20 yoshli hujumchining transferini keyingi haftada elon qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar