Evropada eng qimmat tarkib "Manchester Siti"da, "Tottenxem" va "Barselona" uchlikda, "Real" beshtalikda ham yo'q
08 noy 2017 12:23
Yangiliklar
Evropada eng qimmat tarkib "Manchester Siti"da, "Tottenxem" va "Barselona" uchlikda, "Real" beshtalikda ham yo'q
Angliyaning "Manchester Siti" klubi tarkibidagi o'yinchilarning taxminiy transfer narxlariga ko'ra eng qimmat tarkibga ega.
Umuman olganda, jami 4ta klubning tarkibi 1 milliard evrodan oshiq baholangan: "Manchester Siti", "Tottenxem", "Barselona" va "CHelsi".
Futbolchilarning transfer qiymati CIES tadqiqot guruhi tomonidan ishlab chiqilgan algoritm asosida baholanadi.
"Manchester Siti"ning hozirgi tarkibi 1.196 milliard evro turadi, jamoaning eng qimmat o'yinchisi - Kevin De Bryuyne (144.5 mln evro).
"Siti"ning yana 3 nafar o'yinchisi 100 mlndan qimmatga baholangan: Leroy Sane (118.4 mln), Raxim Sterling (118.2 mln) va Gabriel Jezus (105.4 mln evro).
Ikkinchi o'rinda "Tottenxem" joylashgan (1.173 milliard evro). Ularning eng qimmat futbolchisi Xarri Keyn (186 million evro).
Uchlikni "Barselona" yakunlab berdi (1.13 milliard evro). Luis Suares esa jamoaning eng qimmat o'yinchisi (134 mln), Lionel Messi esa 117.3 million evroga baholangan.
CHempionlar ligasining amaldagi g'olibi "Real" bu borada oltinchi pog'onada turibdi (903 million evro). Krishtianu Ronaldu esa jamoaning eng qimmat futbolchisi (96 million evro).
Top-10:
1. "Manchester Siti" – 1,196 mlrd evro
2. "Tottenxem" – 1,173 mlrd
3. "Barselona" – 1,130 mlrd
4. "CHelsi" – 1,044 mlrd
5. "Manchester Yunayted" – 919 mln
6. "Real Madrid" – 903 mln
7. "Liverpul" – 901 mln
8. "PSJ" – 864 mln
9. "Atletiko" – 800 mln
10. "Yuventus" – 743 mln evro.
Fikrlar