Evropa ligasining mavsum futbolchisi va ramziy termasi elon qilindi
22 may 21:41
Yangiliklar
Evropa ligasining mavsum futbolchisi va ramziy termasi elon qilindi
UEFA matbuot xizmati Evropa ligasining ushbu mavsumdagi eng yaxshi futbolchisini elon qildi.
Unga ko'ra sovrin "Tottenxem" himoyachisi Kristian Romeroga topshirildi. Ushbu turnirda argentinalik futbolchi 7 o'yinda qatnashib, 1ta assist qayd etdi. Shuningdek, u "Manchester Yunayted"ga qarshi final o'yinida ham eng yaxshi futbolchi sifatida etirof qilingandi.
Shuningdek, Evropa ligasida mavsum ramziy termasi ham tuzildi.
Darvozabon: Gulelmo Vikario ("Tottenxem");
Himoyachilar: Fredrik Berkan ("Bude-Glimt"), Robin Kox ("Ayntraxt"), Kristian Romero, Pedro Porro (ikkisi ham "Tottenxem");
Yarim himoyachilar: Kazemiro, Brunu Fernandesh (ikkisi ham "Manchester Yunayted"), Patrik Berg ("Bude-Glimt");
Hujumchilar: Niko Uilyams ("Atletik"), Dominik Solanke ("Tottenxem"), Rayan Sherki ("Lion").
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar