So’nggi yangiliklar

01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  0 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  19 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  6 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  17 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  57 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  123 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1

"Sevilya" dramatik kechgan uchrashuvda "Roma"ni penaltilar seriyasida mag'lub etib, Evropa Ligasi g'olibi bo'ldi! Yangiliklar

"Sevilya" dramatik kechgan uchrashuvda "Roma"ni penaltilar seriyasida mag'lub etib, Evropa Ligasi g'olibi bo'ldi!

Evropa ligasi 2022-2023 yilgi mavsum final o'yini yakunlandi.

Evropa ligasi, final! "Sevilya" – "Roma" 1:1

Gollar: Paulo Dibala (Djanluka Manchini) 35', Janluka Manchini (avtogol) 55'

"Sevilya": 13. Yassin Bunu, 16. Xesus Navas (2. Gonsalo Montiel 95'), 44. Loik Bade, 6. Nemanya Gudel (23. Markao 120+7'), 3. Aleks Telles (4. Karim Rekik 94'), 20. Fernando (8. Joan Jordan 120+7'), 10. Ivan Rakitich, 55. Lukas Okampos, 21. Oliver Torres (7. Suso 46'), 25. Brian Xil (17. Erik Lamela 46'), 15. Yussef En-Nesiri.

Zaxira: 1. Marko Dmitrovich, 31. Alberto Flores, 12. Rafa Mir, 14. Nianzu Kuassi, 24. Alexandro Gomes, 43. Manu Bueno.

"Roma": 1. Ruy Patrisiu, 23. Janluka Manchini, 6. Kris Smolling, 3. Rojer Ibanes, 19. Zeki CHelik (59. Nikola Zalevskiy 91'), 37. Leonardo Spinaccola (14. Diego Lorente 106'), 8. Nemanya Matich (52. Eduardo Bove 120'), 7. Lorenco Pellegrini (92. Stefan El-SHaaravi 106'), 21. Paulo Dibala (25. Jorjino Veynaldum 68'), 9. Temmi Abraxam (11. Andrea Belotti 75').

Zaxira: 63. Pitero Bor, 99. Mile Svilar, 2. Rik Karsdorp, 20. Moxamed Kamara, 62. Kristian Volpato, 68. Banjamin Tahrovich.

Ogohlantirishlar: Nemanya Matich 21', Rafa Mir 37', Lorenco Pellegrini 45', Janluka Manchini 48', Ivan Rakitich 65', Brayan Kristante 65', Zeki CHelik 74', Nikola Zalevskiy 105', Erik Lamelia 109', Joze Mourino ("Roma" bosh murabbiyi) 120', Joan Jordan 120', Gonsalo Montiel 120+4', Lukas Okampos 120+10', Rik Karsdorp 120+10'

Sevilla

Gianluca Mancini - 55', Lucas Ocampos - 121', Erik Lamela - 121', Ivan Rakitic - 121', Gonzalo Montiel - 121'

Europa League Final Stage . final-tur

01/06/2023, 01:00

2
:
5
Tugadi

Roma

Paulo Dybala - 35', Bryan Cristante - 121'

Stadion: Puskas Arena, 61476 tomoshabin

Bosh hakam: Anthony Taylor

45'
90'
120'
36'  Rafa Mir
46'  Bryan Gil (Erik Lamela)
46'  Oliver Torres (Suso)
55'  Gianluca Mancini
65'  Ivan Rakitic
94'  Alex Telles (Karim Rekik)
94'  Jesus Navas (Gonzalo Montiel)
109'  Erik Lamela
120'  Joan Jordan
120'  Gonzalo Montiel
120'  Nemanja Gudelj (Marcao)
120'  Fernando (Joan Jordan)
120'  Lucas Ocampos
21'  Nemanja Matic
35'  Paulo Dybala
35'  Gianluca Mancini
45'  Lorenzo Pellegrini
48'  Gianluca Mancini
65'  Bryan Cristante
68'  Paulo Dybala (Georginio Wijnaldum)
74'  Mehmet Zeki Celik
74'  Tammy Abraham (Andrea Belotti)
75'  Roger Ibanez
91'  Mehmet Zeki Celik (Nicola Zalewski)
105'  Nicola Zalewski
106'  Leonardo Spinazzola (Diego Llorente)
106'  Lorenzo Pellegrini (Stephan El Shaarawy)
120'  Jose Mourinho
120'  Nemanja Matic (Edoardo Bove)
120'  Rick Karsdorp


7 - Montiel gol urdi - 4:1!

6 - Ibanez gol ura olmadi!

5 - Rakitich imkoniyatidan aniq foydalandi!

4 - Manchini gol URA OLMADI!

3 - Lamela ham darvozani aniq nishonga oldi!

2 - "Roma" futbolchisi Kristante ham darvozani ishg'ol qildi!

1 - "Sevilya" futbolchisi Okampos gol urdi!

Seriya boshlanmoqda...

120+12. Qo'shimcha vaqtlar ham yakunlandi! Endi navbat penaltilar seriyasiga!

120+7. "Sevilya"ning ikki nafar futbolchisi jarohat olib maydonni tark etdi.

120+2. "Sevilya" raqib jarima maydonchasi ichida xavfli vaziyat yaratdi, biroq yakun o'xshamadi.

120. To'rtinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

119. Nemanya Matich bir necha bor maydonda yotib olyapti, bu holat muxlislar va "Sevilya" jamoasi futbolchilarining jahlini chiqardi.

114. So'nggi daqiqalar shunchaki "yonmoqda", biroq hozircha jamoalar hujumlaridan naf chiqara olishmayapti.

107. Gudelning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi. 

106. To'rtinchi bo'lim boshlandi!

105+2. Uchinchi bo'lim yakunlandi!

105. Uchinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

102. "Sevilya" himoyachi juda mustahkam himoyalanmoqda. 

95. "Roma" bo'limni ancha faollik bilan boshladi. 

91. Qo'shimcha bo'limlarning dastlabkisi boshlandi!

90+6. O'yinning asosiy vaqti yakunlandi. Navbat qo'shimcha bo'limlarga!

90+6. Susoning darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni Lamela olib yana orqaroqqa pas berdi, En-Neserining zarbasi esa noaniq bo'ldi. 

90+2. Havolatib uzatilgan to'pni Yussef En-Nesiri boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

86. Susoning darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasini "Roma" futbolchisi qaytardi. 

83. Jarima zarbasidan uzatilgan to'pni Belotti darvozaga yo'lladi, darvozabon barmoqlari bilan qaytardi.

82. "Roma" futbolchisining tepgan to'pi "Sevilya" futbolchisining qo'liga tegdi, biroq bu vaziyatda hakam penalti belgilamadi.

76. Penalti bekor qilindi!

75. Penalti! "Roma" darvozasi tomon!

68. "Sevilya" jarima maydonchasi ichida palapartish holat yuzaga keldi, rimliklar futbolchilari ketma-ket zarbalar berdi, himoyachilar qaytardi, yakuniy zarbani Ibanes berdi va bu noaniq bo'ldi.

64. Maydon ancha "jonlanib" qoldi, futbolchilar ham, muxlislar ham anchagina faol.

60. "Roma" gol urgandan so'ng deyarli ko'rinmayotgandi, mana endi yana jonlanib qoldi.

O'ng qanotdan havolatib uzatilgan to'pga Okampos bosh bilan zarba berdi, to'p Manchiniga tegib kirib ketdi. 

55. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Sevilya" hisobni tenglashtirdi!

50. Ispanlar anchagina faollashdi.

46. Bo'lim avvalida "Sevilya" tarkibda ikkita o'zgarish amalga oshirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+7. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+6. Rakitichning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi darvoza ustiniga tegib qaytdi.

45. Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

43. Burchakdan uzatilgan to'pga Yussef En-Nesiri bosh bilan zarba berdi, to'p noaniq ketdi.

40. O'yin anchagina agressivlashmoqda. Qo'polliklar, asablar buzilishi boshlandi.

37. "Sevilya" mazkur holatdan chiqib keta oladimi? Ko'ramiz, kuzatamiz...

Janluka Manchini maydon markazidan turib to'pni Dibalaga erlatib uzatdi, Paulo esa jarima maydonchasiga kirib borib zarba berdi va gol urdi!

35. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dibala uchrashuvda hisobni ochdi!

32. Abraham raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda, holat esa VAR orqali ko'rib chiqildi. Hech qanday qoida buzilishi yo'q!

25. Brian Xil jamoasininng hujumida raqib futbolchi bilan to'qnashib ketdi. 

21. Birinchi bo'limning yarmi o'tib bo'ldi, ammo "Roma"ning yagona hujumidan boshqa aytarli vaziyat ko'rmadik. 

17. Ispan jamoasi asosan to'pni nazorat qilmoqda, hozircha ular ishtirokida hujum bo'lmadi.

12. Leonardo Spinaccola o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi va Bunu jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi!

3. Ilk daqiqalar to'qnashuvlar bilan boshlandi. 3-daqiqadayoq ikki klub futbolchisi o'zaro to'qnashdi va "Sevilya" futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatildi.

1. Final boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Maydonga kubok olib chiqildi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика