Evropa ligasi. Barcha o'yinlar tugadi
04 apr 2014 00:05
Yangiliklar


Evropa ligasi. Barcha o'yinlar tugadi
Bugungi barcha o'yinlar tafsilotlari bilan shu sahifa orqali tanishib borishingiz mumkin.
Barcha o'yinlar yakunlandi! "Bazel" - "Valensiya" 3:0, "Lion" - "Yuventus" 0:1, "AZ" - "Benfika" 0:1, "Portu" - "Sevilya" 1:0.
90` GOOOOOOOOOOOOOL! Stoker! "Bazel" - "Valensiya" 3:0! "Valensiya" tor-mor etilmoqda!
85` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Bonuchchi! "Lion" - "Yuventus" 0:1!
77` Uchrashuvlarda sokinlik.
48` GOOOOOOOOOOOOOOOL! Salvio! "Benfika" "AZ" darvozasini ishg'ol etishga erishdi!
46` Uchrashuvlarda ikkinchi bo'lim boshlandi!
"Lion" - "Yuventus" o'yini birinchi bo'lim statistikasi
45` Birinchi bo'lim yakunlandi! "Lion" - "Yuventus" 0:0, "Bazel" - "Valensiya" 2:0, "Portu" - "Sevilya" 1:0, "AZ" - "Benfika" 0:0. Tanaffus!
38` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Delgado!!! Yana o'sha futbolchi! "Bazel" va Delgado "Valensiya"ni jazolashda davom etmoqda! To'rt daqiqada ikkita gol!
38` Ispaniyaning ikkala jamoasi ham birin-ketin o'z darvozasidan to'p olib chiqishdi.
34` GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Delgado! "Bazel" "Valensiya"ni jazolamoqda!
31` GOOOOOOOOOOOOOOL! Mangala! "Portu" - "Sevilya" o'yinida hisob ochildi. Mezbonlar nihoyat o'z maqsadlariga etishishdi. Buyog'iga "Sevilya" ham oldinga ko'proq borishga majbur bo'ladi.
27` BUFFONISHHE!!!!!!!!!!! "Lion"ning ajoyib hujumi. Tolissoning super pasidan so'ng Malbranke Buffon bilan deyarli yuzma-yuz chiqdi va to'pni zarb bilan darvozaga yo'lladi. Buffon bu erda o'zinin ko'rsatdi! Ajoyib "seyv"!
16` "AZ" - "Benfika" bellashuvida hozircha jimlik. Qolgan bahslar singari.
15` "Bazel" - "Valensiya" uchrashuvi qiziqarli kechmoqda. Jamoalar hujumda ham, himoyada ham faollik bilan o'ynashmoqda.
12` "Porto" - "Sevilya" o'yinida hozircha mezbonlar faolroq harakat qilishmoqda.
6` Hozircha o'yinlarda hisob ochilmadi. "Yuventus" uchrashuvni faol boshladi. Pirlo va Tevezda yaxshi imkoniyatlar paydo bo'ldi. Ammo ular bu imkoniyatlardan foydalana olishmadi.
1` Uchrashuvlar boshlanadi.
Pol Pogba o'z yurtida "Lion"ga qarshi tup suradi
Markaziy o'yin bu so'zsiz "Lion" - "Yuventus" bahsi
"Yuve"ning bugungi tarkibi ko'rinishi
"Valensiya" jamoasi o'yin oldi chigal-yozdi mashg'ulotlarini o'tkazmoqda
"Jerlan" stadionidagi "Yuventus"ning kiyinish xonasi
Bu stadionda birozdan so'ng "Bazel" - "Valensiya" uchrashuvi boshlanadi
"AZ" stadioni uchrashuvga shay
Evropa ligasi, chorak final. Dastlabki o'yinlar:
"AZ" - "Benfika" 0:1
"AFAS" stadioni
Gol: Salvio (48)
"AZ": Esteban, Yoxansson, Goveleo, Vergever, Poulsen, Gudelch, Ortis, Elm, Berxuis, Yoxannsson, Beerens
"Benfika": Artur, Maksi Perreyra, Luizao, Garay, Skiuera, Salvio, Amorim, Gaytan, A.Gomes, Kardozo, Rodrigo.
"Bazel" - "Valensiya" 3:0
"Sankt-Yakob Park" stadioni.
Gollar: Delgado (34, 38), Stoker (90)
"Bazel": Sommer, P.Degen, SHar, Sauro, Aliji, Jaka, Serey Die, Dias, D.Degen, Delgado, Stokker.
"Valensiya": Guaita, Perreyra, Senderos, Mate, Bernat, Feguli, Keyta, Parejo, Fede, Alkaser, Vargas.
"Lion" - "Yuventus" 0:1
"Jerlan" stadioni.
Gol: Bonuchchi (85).
"Lion": Lopes, Tolisso, Kone, Umtiti, Bedimo, Gonalons, Ferri, Malbrankue, Mvuemba, Briand, Lakazetti.
"Yuventus": Buffon, Kaseres, Bonuchchi, Kellini, Pirlo, Pogba, Isla, Markizio, Asamoa, Tevez, Osvaldo.
"Portu" - "Sevilya" 1:0
"Dragau" stadioni.
Gol: Mangala (31)
"Porto": Fabiano, Danilo, Reyes, Mangala, Sandro, Karlos Eduardo, Fernando, Defur, Kuarejma, Martinez, Varela.
"Sevilya": Beto, Koke, Pareja, Navarro, Alberto, Moreno, Iborra, Karikko, Reyes, Marin, Rakitich, Bakka.

Fikrlar