So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  58 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  1 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

Evropa CHempionlar Ligasi qura tashlandi: "Real" "Atletiko" bilan, "Barsa" esa PSJga qarshi o'ynaydi Yangiliklar

Evropa CHempionlar Ligasi qura tashlandi: "Real" "Atletiko" bilan, "Barsa" esa PSJga qarshi o'ynaydi

UEFA shtab-kvartirasida Evropa CHempionlar Ligasi chorak final bahslari uchun qura tashlash marosimidan matnli translyaciyani shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.
CHorak final juftliklari:

"Yuventus" - "Monako"
"Portu" - "Bavariya"
"Atletiko" - "Real"
PSJ - "Barselona"


CHorak finalning dastlabki o'yinlari 14-15 aprel kunlari bo'lib o'tsa, javob o'yinlar 21-22 aprel kunlari bo'lib o'tadi.

Yarim finalga esa 24 aprel kuni qura tashlanadi.


Va nihoyat so'nggi juftlik o'z-o'zidan malum: "Yuventus" - "Monako"

Uchinchi juftlik: "Portu" - "Bavariya"

Ikkinchi juftlik: "Atletiko" - "Real"

Dastlabki juftlik PSJ - "Barselona"


Boshlandi!

Qurani olib borish uchun "Borussiya D"ning sobiq futbolchisi Karl Xaync-Ridel taklif qilindi. Demak, aynan u bugungi juftliklarni aniqlab beradi.

Qura tashlash jarayoni boshlanmoqda. UEFA bosh kotibi Jianni Infantino qura tartibi haqida so'zlamoqda.






SHuni takidlab o'tish lozimki, ECHLning ushbu bosqichida 2010 yildan beri ilk marotaba Franciyadan ikki jamoa ishtirok etmoqda.

Angliya klublari esa nimchorak finalda musobaqani tark etishga majbur bo'ldilar.


Quradan oldingi fikrlar:

"Bavariya" futbolchisi Mario Getce: "Musobaqaning ushbu bosqichida oson o'yin bo'lmaydi. SHu sababli kim bilan tushishning farqi yo'q"


"Yuventus" futbolchisi Jorjio Kellini: "Turnirda uchta jamoa qolganlarga qaraganda bir qadam oldinda bo'ladi. Bular: "Bavariya", "Barselona" va "Real". Agar kimnidir tanlash imkoniyati bo'lsa "Bavariya"ni tanlagan bo'lardim. Kuchli sakkizlikda ekanligimizdan mamnunman".

"PSJ" futbolchisi Marko Verratti: "Ushbu bosqichda turnir favoritlari - "Bavariya", "Barsa" yoki "Real"lardan biri bilan to'qnash kelishga qarshi emasdim".
 

CHorak finalga etib kelgan jamoalar:

PSJ
"Barselona"
"Atletiko"
"Yuventus"
"Real Madrid"
"Bavariya"
"Monako"
"Portu"

Sizningcha bugun qanday juftliklar to'qnash kelishadi?

Assalomu alaykum. Bugun Evropa CHempionlar Ligasi hamda Evropa Ligasi musobaqalarining chorak finali uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Ushbu marosimning tafsilotlari bilan saytimiz orqali tanishib boring!

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика