So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  6 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  26 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   38 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  227 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

Evropa CHempionatiga chiqa olmagan Gollandiya. Aybdorlar, fikrlar va ozgina kulgu Yangiliklar

Evropa CHempionatiga chiqa olmagan Gollandiya. Aybdorlar, fikrlar va ozgina kulgu

Teglar :  Gollandiya
JCH-2014da uchinchi o'rinni egallagan Gollandiya terma jamoasi Franciyada bo'lib o'tadigan Evropa CHempionatini o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

Bunda kimning aybi ko'proq? Ijtimoiy tarmoqlarda bu haqida nima gap? Murabbiy va futbolchilar bu haqida nima deyishmoqda?




Bruno Martins Indi Islandiyaga qarshi o'z maydonidagi o'yinning birinchi bo'limida qizil kartochka olgandi. Buning oqibatida esa Danni Blind o'zining eng yaxshi hujumchisi Xuntelarni o'rniga himoyachi Brumni tushiradi va Gollandiya 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.


Hammadan ko'p sariq kartochka olgan Gregori van der Vil 7 ta o'yinda terma jamoasining tayinli hujum qilishiga yordam bera olmadi.



Robin van Persi deyarli bir yildan beri terma jamoa safida gol kirita olmayapti



Maydonda hammadan ko'p harakat qilgan Uesli Sneyder birgina gol bilan kifoyalandi



Yasper Sillessen o'tgan yilgiga qaraganda juda kam hollarda jamoasini qutqarib qoldi



Jorjino Veynaldum Islandiya va Turkiya terma jamoalariga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda "qovun tushirdi"



Gus Xiddink saralash bosqichini CHexiya va Islandiyaga qarshi mag'lubiyat bilan boshladi va yozda istefoga chiqarildi


Mag'lubiyatdan so'ng esa terma jamoa azolari o'z fikrlarini bildirib o'tishdi:

Terma jamoa bosh murabbiyi Deyli Blind: "Terma jamoada qolmoqchiman. O'zimni mag'lub hisoblashni istamayman. Xatolardan xulosa chiqarib ishlashda davom etish kerak".

Uesli Sneyder esa: "Bu muvaffaqiyatsizlikda Danni Blindni ayblab bo'lmaydi, u futbolchilarga ishonch bildirdi, biz esa unga g'alaba bilan javob qilishimiz lozim edi, ammo g'olib bo'lishni istasang buncha ko'p xato qilmasliging kerak. Hammasi barbod bo'ldi".


Terma jamoada anchadan beri gol kirita olmayotgan Van Persi esa qiyinchiliklardan qo'rqmasligini aytib o'tdi: "Men qiyinchilikni tashlab qochadiganlardan emasman. Gollandiya terma jamoasini tark etmayman. Endi biz muxlislar va OAV tomonidan bo'ladigan tanqidga uchraymiz. Gollandiya terma jamoasida o'ynash men uchun sharaf. Yaxshi yoki yomon davrligi muhim emas".


Afsuski, ushbu mag'lubiyatdan so'ng EVRO-2016ga bormaydigan yulduzlar nomli kichik maqolamiz terma jamoaning futbolchilari bilan to'ldi.

Buni shuningdek, terma jamoaning JCH-2014da 3-o'rinni olgani bilan bog'laganlar ham bo'ldi.


Albatta, terma jamoaning EVROdan chetda qolib ketishi ijtimoiy tarmoqlarda bir qator kulgilarga sabab bo'ldi. Jumladan, muxlisalardan biri Gollandiya terma jamoasini kelasi yilning yozida musobaqani TV orqali kuzatishiga shama qilib o'tgan.


Ivo Xrstich esa terma jamoani mag'lubiyatidan so'ng bo'linib ketgan apelsinni suratini joylagan


"Arsenal" muxlislari xursandlar. O'z vaqtida ushbu klubni tashlab ketgan Fabregas bir kun oldin penaltidan gol kirita olmagandi. Van Persi esa o'z darvozasiga gol kiritib qo'ydi.


Bu esa Tom va Jerri multfilimidan olingan sahna :)


Horijiy saytlar asosida tayyorlandi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика