Evrokuboklarning ushbu haftadagi eng yaxshi futbolchilari aniqlandi
06 okt 2023 19:52
Yangiliklar
Evrokuboklarning ushbu haftadagi eng yaxshi futbolchilari aniqlandi
Unga ko'ra, "Atletiko" forvardi Alvaro Morata ECHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. "Feyenoord"ga qarshi o'yinda dubl qayd etgan hujumchi ovoz berish uchun kurashda Rasmus Xoylund ("Manchester Yunayted"), Jud Bellingem ("Real") va Brumu ("Braga") kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.
Evropa ligasida esa "SHerif"ga qarshi o'yinda ikki marta raqib postini ishg'ol qilgan "Slaviya" futbolchisi Moymir Xitil eng yaxshisi bo'ldi. U "Roma" futbolchisi Andrea Bellotti, "Vest Xem" xavbeki Lukas Paketa va "Atalanta" himoyachisi Matteo Rujeridan yuqorida bo'ldi.
Konferenciyalar ligasida haftaning eng yaxshisi sifatida "Norshelland" futbolchisi Benyamin Nyugren topildi. U "Ludogorec" darvozasini ikki marta ishg'ol qildi. Ovoz berish jarayonida u Joshua King ("Fenerbaxche"), Vensan Abubakar ("Beshiktosh") va Tariq Tissaudalia ("Gent") kabi futbolchilardan o'zib ketdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar