So’nggi yangiliklar

16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  2 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  3 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  88 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  11 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0

Evrofutboldan fotomaqola Yangiliklar

Evrofutboldan fotomaqola

Kechagi uchrashuvlardagi eng sara suratlar va ushbu rasmlarga berilgan hazilomuz sharh bilan tanishishingiz mumkin.

Agbonlaxorning yagona goli "Liverpul"ni mag'lub etdi


Super-Mario hozircha foyda bermayapti


"Aston Villa" bosh murabbiyi Pol Lambert Koutino bilan birgalikda butun "Liverpul"ni ushlab qola oldi...


"Yuventus" mavsumdagi ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi


Allegrining ishlari - "5"!


Joze Mourino: "Bolalar, birinchi gol o'tkazib beraylik..."


Diego Kosta: "Dastlabki to'rtta o'yinda ettita gol urib rekord qo'yaman deb o'ylamagandim. Ishongim ham kelmaydi..."


Remi ham yomon boshlamadi


Teves yangi mavsumdagi dastlabki golini kiritdi


Markizio ham Karlitosdek "parvoz" qilgisi keldi


Aleksis Sanches Jo Xart darvozasini nishonga olmoqda


Jek Uilsher hali gol urish yodidan ko'tarilmaganini eslatib qo'ydi


Buffon: "Allegri ham yomon murabbiy emas deb aytgandimku..."


"Bayer"ning oldi chiziqdagi "trio"si: Kissling, CHalhanoglu va Son Min Xon


"Borussiya M" azosi Xan "SHalke"ni ushbu turda yaxshigina "jazoladi"


"Maync"ning yaponiyalik "snayperi" Okazaki gollar urishda davom etmoqda


Adrian Ramos "Borussiya D"ga navbatdagi g'alabani taqdim etmoqda


Mario Gyotce bundan ikki oy avval (13 iyul) mundialda "Marakana" stadionida o'zining "oltin gol"ini shunday nishonlagandi. Mario kecha (13 sentyabr) "Alyanc-Arena"da ham bu ishini takrorladi


Badshtuber uzoq tanaffusdan keyin yaqindagina yashi maydonga qaytgandi. "SHtutgart" bilan o'yinda Xolger uchrashuvni erta tugatishga majbur bo'ldi


Frank Riberi katta tanaffusdan so'ng maydonga qaytishini gol bilan nishonlamoqda


Diqqat! Diqqat! Keyingi bekat Myunxen. Xabi Alonsosiz qolgan "Real" ketma-ket ikki o'yinda imkoniyatni boy berdi. Alonso uchun endilikda "Bavariya" eshiklari ochiq...


Jamoa sardorlari Filipp Lam va Ulrayx o'yin oldidan so'rashishmoqda


Pep Gvardiola jamoasini muhim oy kutib turganini takidlab o'tgandi. "SHtutgart" sinovidan yaxshi o'tildi, keyingi raqib anda jiddiyroq - "Manchester Siti"


Serxio Aguero gol urishda davom etmoqda


Adriano: "Neymar, o'zing tushmasang gol urolmaydiganga o'xshaymiz..."


Luis Enrike hozircha hamma o'yindan oldin va o'yindan keyin kulib o'z hamkasblarini kuzatib qo'ymoqda


Neymar qaytdi. Ikkita gol bilan qaytdi


Bu "Xorazm" bosh murabbiyi Vali Sultonov emas. Diego Simeonening yordamchisi German Burgos


Karlo tog'a: "Ie, Vali og'a nechuksiz?"


- Oyijon, "Real" yana yutqazdi...


Oilaviy "Real" muxlislari kechagi o'yin oldidan


CHicharito: "MYU yutqazavergach "Real"ga qochgandim. Aftidan yomg'irdan qochib, do'lga tutilganga o'xshayman"


Ispancha "selfi"


"Real" muxlisi kechagi o'yinga o'zini yupatish uchun yaxshi "qurol" bilan tashrif buyurgan ekan


"Atletiko" darvozasi tomon penalti belgilangan vaziyat qahramoni - Ronaldo


Ronaldo hisobni tenglashtirganidan so'ng o'z quvonchini yashirmayapti


Arbeloa: "Beyl, sen har jabhada Ronaldodek harakatlanishni o'rganishing kerak, oshna"


To'rt xo'jayin va orqada ularning "xo'jayin"lari...


Antoneo Mateu "Atletiko" futbolchilariga: "Ko'p etiroz bildirmanglar. Darvozalaring tomon ikkinchi penaltini belgilayman, keyin ko'rasanlar..."


"Atletiko" futbolchilari g'alabadan so'ng suratga tushishmoqda


"Real" - "Atletiko" o'yini taqdirini hal qilgan vaziyat. Raul Garsiyaning to'g'ri qarori va Arda Turanning ajoyib zarbasi


SHahboz Beg'amov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика