Evro-2024da porlagan hujumchi "Lion"da tibbiy tekshiruvdan o'tmoqda
17 iyu 2024 19:39
Yangiliklar
Evro-2024da porlagan hujumchi "Lion"da tibbiy tekshiruvdan o'tmoqda
Evro-2024da Gruziya terma jamoasi hujumchisi Jorj Mikautadze 3ta gol urib, bitta assist qayd etgan edi.
Evrodan keyin "Metc" hujumchisiga "Monako" va "Lans" klublari tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lgan edi. "Championat.asia" manbalarining xabar berishicha, Mikautadze bugun Franciyaning boshqa bir klubi "Lion" tarkibida tibbiy ko'rikdan o'tmoqda. Gruziyalik forvard tez orada lionliklar bilan shartnoma imzolaydi.
Eslatib o'tamiz, "transfermarkt" portalida Jorjning transfer qiymati 15 mln evro qilib ko'rsatilgan. Uning "Metc" bilan kelishuvi 2028 yilgacha mo'ljallangan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar