So’nggi yangiliklar

03:38Европада ЖЧ йўлланмаси учун ўтиш ўйинларида қатнашувчи термалар номи маълум  0 03:03Испания, Бельгия, Швейцария, Шотландия ва Австрия Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  0 01:56Меҳди Тареми: "Жамоадошларимдан 10 нафари пенальти тепишдан бош тортди. Ўзбекистонга қарши пенальтини тепа олмаган футболчидан Жаҳон чемпионатида фойда бормикан?"  3 01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  13 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  13 00:43Элдор Шомуродов: "Каннаваро ўйин услуби, тактик томонлама янгиликлар киритяпти"  2 00:32Акмал Мозговой: "Бир киши кам бўлсакда охиригача турдик, пенальтилар сериясида омадимиз келди"  4 00:24Фабио Каннаваро: “Январь ойида маҳаллий футболчилар учун йиғин ўтказамиз, у ерда ёшларга имконият берамиз”  10 00:13Қозоғистон ўртоқлик ўйинида Фарер оролларига ютқазди  6 23:46U-17 Жаҳон чемпионати. Австрия Англияни йирик ҳисобда ютди. Япония Шимолий Кореяни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Марокаш ва Швейцария ҳам кейинги босқичда  1 23:25Ал Айн Халқаро Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 0:0 (пенальтилар 4:3)  28 23:21ЖЧ саралаши. Ироқ 90+17 дақиқада ғалаба голини уриб, БААни мағлубиятга учратди ва қитъалараро плей-офф босқичига йўлланма олди!  20 23:13Норвегия Жаҳон чемпионатига чиққанини Осло марказида нишонлади  2 23:08Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди  379 22:46Рафинья "Барселона" машғулотларига қайтди  0

Evro-2024. Turkiyani yirik hisobda yutgan Portugaliya keyingi bosqich masalasini hal qildi Yangiliklar

Evro-2024. Turkiyani yirik hisobda yutgan Portugaliya keyingi bosqich masalasini hal qildi

Evro-2024 "F" guruh 2-tur doirasidagi Turkiya - Portugaliya o'yini bo'lib o'tdi.

Evro-2024.
"F" guruhi

Turkiya – Portugaliya 0:3
22 iyun, 19.00, "Signal Iduna Park"
Gollar
: 0:1 – 21 Bernardu Silva, 0:2 – 28, avtogol Akaydin, 0:3 – 55 Brunu Fernandesh.

Turkiya – Bayindir, CHelik, Bardakji, Akaydin (Demiral, 75), Ayxan (Yuksek, 58), Kadyoglu, CHalxanoglu, Kekchyu (Yazidji, 46), Akgyun (Gyuler, 70), Aktyurkoglu (Yildyz, 58), Yilmaz.

Portugaliya – Diogu Koshta, Joau Kanselu (Semedu, 68), Pepe (Antoniu Silva, 83), Ruben Diash, Mendesh, Brunu Fernandesh, Bernardu Silva, Palinya (Ruben Nevesh, 46), Vitinya (Joau Nevesh, 88), Rafael Leau (Netu, 46), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Bardakji (25), Rafael Leau (39), Akaydin (42), CHelik (42), Palinya (45).


Turkiye

EURO Grp. F . 2-tur

22/06/2024, 22:00

3
:
0
Tugadi

Portugal

Bernardo Silva - 21', Samet Akaydin - 28', Bruno Fernandes - 56'

Stadion: Signal Iduna Park, 61047 tomoshabin

Bosh hakam: Felix Zwayer

45'
90'
25'  Abdulkerim Bardakci
42'  Samet Akaydin
42'  Mehmet Zeki Celik
46'  Orkun Kokcu (Yusuf Yazici)
58'  Kerem Akturkoglu (Kenan Yildiz)
58'  Kaan Ayhan (Ismail Yuksek)
70'  Yunus Akgun (Arda Guler)
75'  Samet Akaydin (Merih Demiral)
21'  Bernardo Silva
28'  Samet Akaydin
39'  Rafael Leao
45'  Joao Palhinha
46'  Rafael Leao (Pedro Neto)
46'  Joao Palhinha (Ruben Neves)
56'  Bruno Fernandes
56'  Cristiano Ronaldo
68'  Joao Cancelo (Nelson Semedo)
83'  Pepe (Antonio Silva)
88'  Vitinha (Joao Neves)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


90+5-daqiqa. Bo'ldi, bosh hakam final hushtagini chaldi va Portugaliya 2-turdan keyin 6 ochko to'plab, keyingi bosqich masalasini hal qildi.  

90+3-daqiqa. Zeki CHelik jamoasiga burchak zarbasi ishlab berdi.  

90+2-daqiqa. Maydonga yana bir muxlis tushib ketdi. CHamasi u Krishtianu Ronalduning muxlisi ekan. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88-daqiqa. O'zgarish! Vitinya o'rnini Joau Neveshga bo'shatib berdi. 

82-daqiqa. Maydonga tomoshabinlardan biri tushib ketdi. Hakam o'yinni to'xtatdi. 

80-daqiqa. Turkiya termasi bir necha daqiqa davomida to'pni raqib jarima maydonchasi yaqinida ushlab turibdi. 

75-daqiqa. O'zgarish! Samet Akaydin o'rniga Merix Demiral maydonga tushirildi.  

70-daqiqa. O'zgarish! Yunus Akgyunning o'rniga Arda Gyuler maydonga tushdi.  

68-daqiqa. O'zgarish! Joau Kanselu o'rnini Nelson Semeduga bo'shatib berdi. 

68-daqiqa. Maydon markaziga yaqin Ismoil Yuksak Brunu Fernandeshga nisbatan fol ishlatdi. 

63-daqiqa. Turkiya raqib darvozasi tomon yo'l izlashda davom etmoqda. 

56-daqiqa. GOOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu qizg'anmadi va Brunu Fernandesh to'pni bo'sh qolgan davrozaga yo'llab qo'ydi.  

55-daqiqa. Vitinyaga nisbatan fol ishlatildi. 

51-daqiqa. Portugaliya to'pni nazorat qilmoqda. 

48-daqiqa. Turkiya burchak zarbasini Hakan CHalxanuglu amalga oshirdi, himoyachilar to'pni qaytarishni uddalashdi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Bo'ldi, hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. 

45+1-daqiqa. Ogohlantirish! Bosh hakam o'yin qoidasini buzgani uchun Joau Palinyani ogohlantirdi!

42-daqiqa. Ogohlantirish! Zeki CHelik noroziligi uchun sariq ishlab oldi. 

42-daqiqa. Ogohlantirish! Samet Okaydinga sariq ko'rsatildi. U Leauga nisbatan qo'pol o'ynadi.  

41-daqiqa. Orkun Kekchyu jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi, lekin Diogu Koshta barchasini nazorat qilmoqda.  

39-daqiqa. Ogohlantirish! Rafael Leau simulyaciya uchun sariq kartochka ko'rsatildi. 

35-daqiqa. Brunu Fernandesh jarima maydonchasiga yorib kirdi va zarba berdi, lekin noaniq. 

33-daqiqa. Tezda ikkita gol o'tkazib yuborgan turklar hujumga o'tishga va hech bo'lmasa oradagi farqni qisqartirishga urinishmoqda.

29-daqiqa. GOOOOOOOL! Samet Akaydindan juda chiroyli gol, lekin u o'z darvozasini ishg'ol qildi. Avtogol ushbu "Evro"ning asosiy to'purari yana ishga kirishdi. 

25-daqiqa. Ogohlantirish! Abdulkarim Bardakchi maydon markazidagi foli uchun ogohlantirildi! 

21-daqiqa. GOOOOOOL! Bernardu Silva hisobni ochmoqda! CHap qanotdan rivojlantirilgan hujumini "Manchester Siti" futbolchisi kuchli va aniq zarba bilan yakunladi. 

19-daqiqa. Kaan Ayxan markazda Palinyaga nisbatan fol ishlatdi. 

15-daqiqa. Raqibini dog'da qoldirgan Krishtianu to'pni Rafael Leauga etkazib berdi, ammo "Milan" futbolchisining bosh bilan bergan zarbasi qovushmadi.   

12-daqiqa. Portugaliya to'pni nazorat qilmoqda. 

9-daqiqa. Portugaliyaning hujumi yakuniga etmay qoldi. 

7-daqiqa. Hoqon CHalhanuglu ijrosidagi burchak zarbasidan keyin ish zarbagacha etib bormadi. 

6-daqiqa. Karim Akturkuglu hisobni ochishi mumkin edi, ammo uning zarbasi qovushmadi. 

2-daqiqa. O'yindagi ilk zarbani Krishtianu Ronaldu yo'lladi, Bayindir o'z o'rnida. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni portugaliyaliklar boshlashdi. 

Har ikki davlat madhiyalari yangramoqda. 

Jamoalar maydonga tushib kelishdi. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика