So’nggi yangiliklar

03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  5 03:02Германия кубоги. "Штутгарт" финалда учинчи лига жамоаси бўлмиш "Арминия"ни мағлуб этиб, Германия кубогини қўлга киритди - 4:2. Мийо дублга эришди  3 00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  7 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  29 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  6 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  4 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  12 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  32 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  30 20:38РПЛ. Файзуллаев захирадан тушиб ассист қайд этган ўйинда ЦСКА ғалабага эришди, Ашурматов "Рубин" ғалаба қозонган ўйинда захирадан ўйинга қўшилди, "Акрон" эса...  16

Evro-2024. Koshta Ronaldu va Pepeni antiqahramon tamg'asidan qutqarib qoldi - Portugaliya Sloveniyani penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Evro-2024. Koshta Ronaldu va Pepeni antiqahramon tamg'asidan qutqarib qoldi - Portugaliya Sloveniyani penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratdi

Evro-2024 nimchorak finalidan o'rin olgan super dramada Portugaliya penaltilar seriyasida g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi.

Portugaliya termasi penaltilar seriyasida Sloveniyani mag'lub qildi va chorak finalga yo'l oldi. Portugallar posboni seriyada 3 ta zarbani qaytardi va qahramonga aylandi. Avvalroq, Diogu Koshta Pepe qoqilib ketib, raqib birga-bir vaziyatga chiqqan hujumda ham super seyv qayd etgandi. Bundan tashqari, Krishtianu Ronaldu 105-daqiqada penaltidan gol ura olmagani o'yindagi eng etiborga molik vaziyatlar biri bo'ldi. Keyin esa bu vaziyat sabab Ronaldu yig'lab yubordi. Yakunda Portugaliya baribir g'alabani ilib ketdi. Asosiy qahramon esa - darvozabon Diogu Koshta.


Portugaliya – Sloveniya  0:0 Penaltilar seriyasi: 3:0

Penaltilar seriyasidagi gollar: Krishtianu Ronaldu, Brunu Fernandesh, Bernardu Silva

Portugaliya – Diogu Koshta, Joau Kanselu (Semedu, 117), Pepe (Ruben Nevesh, 117), Ruben Diash, Mendesh, Brunu Fernandesh, Bernardu Silva, Palinya, Vitinya (Diogu Jota, 65), Rafael Leau (Fransishku Konseysau, 76), Ronaldu.

Zaxira: Rui Patrisiu, Joze Sa, Nelson Semedo, Diogu Dalot, Gonsalo Ramush, Joau Feliks, Danilo, Gonsalo Inisio, Joau Nevesh, Mates Nunesh, Ruben Nevesh, Diogu Jota, Antonio Silva, Pedro Neto, Fransisko Konseysao

Sloveniya – Oblak, Stoyanovich (Verbich, 86), Karnichnik, Drkushich, Biyol, Balkovec, Gnezda-CHerin, Elshnik (Ilichich, 105), SHporar (Celar, 75), SHeshko, Mlakar (Gorenc-Stankovich, 74).


Zaxira: Belek, Vekich, Blazich, Stankovich, Verbich, Lovrich, Kurtich, Horvat, Vipotnik, CHelar, Brekalo, Zugelch, Zelikovich, Ilichich

Ogohlantirishlar: Drkushich (32), Karnichnik (37), Gorenc-Stankovich (101), Biyol (106), Balkovec (107), Joau Kanselu (107).

Portugal

Cristiano Ronaldo - 121', Bruno Fernandes - 121', Bernardo Silva - 121'

EURO Final Stage . 1/8-tur

02/07/2024, 01:00

0
:
3
Tugadi

Slovenia

Stadion: Frankfurt Arena, 46576 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Orsato

45'
90'
120'
65'  Vitinha (Diogo Jota)
76'  Rafael Leao (Chico Conceicao)
105'  Cristiano Ronaldo
111'  Roberto Martinez
117'  Joao Cancelo (Nelson Semedo)
118'  Pepe (Ruben Neves)
32'  Vanja Drkusic
37'  Zan Karnicnik
74'  Jan Mlakar (Jon Gorenc-Stankovic)
74'  Andraz Sporar (Zan Celar)
87'  Petar Stojanovic (Benjamin Verbic)
101'  Jon Gorenc-Stankovic
105'  Matjaz Kek
106'  Timi Elsnik (Josip Ilicic)
106'  Jaka Bijol
107'  Jure Balkovec

Portugaliya terma jamoasi chorak finalda Franciyaga qarshi maydonga chiqadi.

Portugaliya penaltilar seriyasida g'alaba qozondi! Ronaldu va Portugaliya chorak finalda! 

120. O'yin yakunlandi. Penaltilar seriyasini kuzatamiz.

120. To'rtinchi bo'limga bir daqiqa qo'shildi. Hammasi penaltilar seriyasi tomon ketmoqda.

117. Portugaliyada o'zgarishlar. Pepe maydonni tark etdi. Ruben Nevesh maydonga tushirildi. Kanseloning o'rnini Semedu egalladi.

115. Pepe?? Senga nima bo'ldi? 41 yoshli himoyachi kutilmaganda sirpanib ketdi va to'pni raqibga berib qo'ydi. Birga-bir vaziyatga chiqib borgan SHeshko darvozaga ajoyib zarba berdi. Diogu Koshtadan o'ta kerakli va super seyv. Koshta tragediyaning oldini oldi.

111. Sloveniya xavfli jarima zarbasiga ega bo'lmoqda. 

108. Brununing uzatmasidan so'ng Palinya bosh bilan aniq zarba berdi. Oblak to'pni chiqarib yubordi.

106. Ikkinchi ekstra taym boshlandi.

105. Birinchi qo'shimcha bo'lim yakunlandi. Ronaldu esa yig'lab yubordi...

105. Qanaqasiga??? Krishtianu Ronaldu penaltini golga aylantira olmadi. Oblakdan super seyv!

103. Penalti! Jota jarima maydoniga yorib kirdi, u erda esa unga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

101. Ogohlantirish. Gorenc-Stankovich qo'pol o'yin uchun sariq kartochka oldi.

100. Fransisko Konseysaoning qanotdan uzatgan to'pini Jota darvozaga aniq lekin kuchsiz yo'lladi. Oblak uchun bunday zarbalar qiyinchilik tug'dirmaydi.

95. Sloveniya termasi Kanseluning xatosidan keyin qarshi hujum uyushtirdi. SHeshkoning zarbasini himoyachi qaytarib yubordi.

91. Birinchi ekstra bo'lim boshlandi.


90+4. Asosiy vaqt yakunlandi. Ekstra-taymlarga murojaat qilamiz!

90. Ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berildi.

89. ZARBAAAAAAA! Ronaldu! Jotaning qulay uzatmasidan so'ng zo'r poziciyaga chiqib borgan Krishtianu yo'llagan zarbani Oblak qaytardi. Qanday imkoniyat?!

86. Sloveniya terkibida o'zgarish. Stoyanovich o'rniga Verbich maydonga tushdi.

82. Portugaliya Sloveniya darvozasini ishg'ol qilish yo'llarini topa olmayapti. Sloveniya xotirjamlik bilan hujumlarni qaytarmoqda.

76. O'zgarish. Rafael Leau o'rniga Fransisko Konseysao o'yinga qo'shildi. Leau norozi.

74. O'zgarishlar. CHelar va Stankovich maydonga tushishdi. SHporar va Mlakar o'yindan olindi.

72. Ronaldu yana bir jarima zarbasini amalga oshirdi. Bu safargisi avvalgilaridan yomonroq chiqdi. 

68. Sloveniya ham hujumlar uyushtirishni boshladi. 

65. O'zgarish. Vitinya o'rniga Diogu Jota maydonga tushdi.

62. Sloveniyadan ajoyib qarshi hujum. SHeshko tezlikda Pepeni "ko'rmay" o'tib ketdi va deyarli birga bir vaziyatga chiqdi. Ammo uning zarbasi o'ta noaniq chiqdi.

55. ZARBAAAAAAAAAA! Ronaldu o'ta kuchli zarba yo'lladi. Oblakdan seyv! Pushka edi, o'ziyam...

54. Portugaliyada yana qulay jarima zarbasini berish imkoniyati paydo bo'lmoqda. Ronaldu yana bir marta urinib ko'radi.

51. Sloveniyadan hujum. SHporarning boshi bilan bergan beo'xshov zarbasi sal qolsa darvozaga kirib ketardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!



45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. Ilk 45 daqiqalikda hisob ochilmadi.

45+2. ZARBAAAAAA! Rafael Leau qanotdan yorib kirdi va to'pni jarima maydoni chegarasidagi Palinyaga oshirdi. Palinyaning zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi. O'yindagi eng xavfli vaziyat taym so'nggida yuz berdi.

45. Birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berildi.

44. Sloveniyadan birinchi aniq zarba. SHeshkoning urinishi golga aylanmadi, Koshta o'z o'rnida.

38. Ronaldu o'tkir burchakda sodir bo'lgan jarima zarbasini ham to'g'ri darvozaga yo'lladi. Yana noaniq.

34. ZARBAAAAAA! Ronaldu jarimadan o'qdek zarba yo'lladi. Biroz noaniq!

33. Leauning super reydini Sloveniya himoyachilari qo'pollik bilan to'xtatishdi. Jarima zarbasi.

31. Zarbaa! Krishtianu Ronaldu boshi bilan birinchi zarbasini berdi. Aniq, ammo xavfli emas.

29. Brunu Fernandeshning oyog'idan to'pni olib qo'yishdi. Portugaliyaning xavfli hujumi yo'qqa chiqdi.

Maydon holatiga havas qilib bo'lmaydi.

23. Sloveniya ham hujumga o'tishga harakat qilmoqda.

13. Uxxxx! Qanday vaziyat?! Bernardu qanotdan oshirgan to'pga na Ronaldu, na Brunu Fernandesh eta olmadi. Portugaliyada gol urish uchun yaxshi imkoniyat bo'lgandi.

10. Sloveniya termasi to'liq himoyalanmoqda.

7. Ronalduda dastlabki qulay vaziyat bo'lgandi, ammo raqib himoyachisi to'pni qaytarib yubordi.

5. Zarbaa! Ruben Neveshdan xavfli urinish, ammo noaniq.

4. Portugaliyadan dastlabki hujum. Rafael Leau jarima maydoniga oshirilgan to'pga zarba bera olmadi. 

1. O'yin boshlandi.

- Ikki mamlakat madhiyalari ketma-ketlikda yangramoqda.
- Jamoalar maydonga tushib kelishdi.


O'yin oldi mashg'ulotlari:

Jamoalar tarkibi: 

Portugal

Cristiano Ronaldo - 121', Bruno Fernandes - 121', Bernardo Silva - 121'

EURO Final Stage . 1/8-tur

02/07/2024, 01:00

0
:
3
Tugadi

Slovenia

Stadion: Frankfurt Arena, 46576 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Orsato

45'
90'
120'
65'  Vitinha (Diogo Jota)
76'  Rafael Leao (Chico Conceicao)
105'  Cristiano Ronaldo
111'  Roberto Martinez
117'  Joao Cancelo (Nelson Semedo)
118'  Pepe (Ruben Neves)
32'  Vanja Drkusic
37'  Zan Karnicnik
74'  Jan Mlakar (Jon Gorenc-Stankovic)
74'  Andraz Sporar (Zan Celar)
87'  Petar Stojanovic (Benjamin Verbic)
101'  Jon Gorenc-Stankovic
105'  Matjaz Kek
106'  Timi Elsnik (Josip Ilicic)
106'  Jaka Bijol
107'  Jure Balkovec

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика