So’nggi yangiliklar

00:00Евро-2024. Испания — Грузия 0:0 (матнли трансляция)  5 23:50Рўзиқул Бердиев: "Жамоамизда ғалабага бўлган ишончнинг борлиги бизга 3 очкони тақдим этди"  4 23:47Григорий Колосовский: "Индивудиал хатолар эвазига голлар ўтказиб юбордик"  2 23:40Евро-2024. Словакияни мағлуб этган Англия чорак финалда! Беллингем 95-дақиқада гол урди   89 23:36Суперлига. "Насаф" — "Навбаҳор" 3:2  3 23:32Суперлига. "Металлург" — "Олимпик" 1:4  1 23:23Линекер: "Мана нега у суперюлдуз!"  5 22:26Тимур Кападзе: "Йигитлар вазифани яхши ва тўғри бажаришди"  3 22:00Суперлига. "Насаф" - "Навбаҳор". 5 та гол урилган ўйинда Абдувоҳид Неъматов жамоасига ғалаба келтирди  325 21:55Суперлига. "Олимпик" "Металлург"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ибрагимовдан хет-трик!  14 20:27"Зенит" 25 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  2 19:54Англия — Словакия. Таркиблар маълум  2 19:39Интервью. Луисма Эрнандес — "Металлург", Суперлига, ва Испаниянинг Евро-2024 турниридаги иштироки ҳақида  1 19:26Ана холос! "Барса" Феликс ва Канселунинг қолмаслиги ҳақидаги постларни ўчириб ташлади, чунки уларни сақлаб қолмоқчи  0 18:51"Наполи"ни олти ўйинчи тарк этди  0

Evro-2024. Gruziya Portugaliyani mag'lubiyatga uchratib, o'z tarixida ilk bor pley-off bosqichiga chiqdi! Yangiliklar

Evro-2024. Gruziya Portugaliyani mag'lubiyatga uchratib, o'z tarixida ilk bor pley-off bosqichiga chiqdi!

Portugaliya va Gruziya o'rtasidagi 3-tur o'yinida Gruziya ajoyib g'alabani qo'lga kiritdi.

Gruziya termasi Portugaliya ustidan g'alaba qozondi va guruhda uchinchi o'rin bilan pley-off bosqichiga chiqdi.

Gruziya – Portugaliya 2:0
26 iyun, 23.59, "Feltins-Arena"

Gol:  1:0 – 2 Kvaracxeliya, 2:0 – 57, penalti Mikautadze.

Gruziya – Mamardashvili, Kakabadze, Kashiya, Gvelesiani (Kverkveliya, 76), Dvali, Lochoshvili (Citaishvili, 63), Kiteyshvili, Kochorashvili, CHakvetadze (Mekvabishvili, 81), Kvaracxeliya (Davitashvili, 82), Mikautadze.

Portugaliya – Diogu Koshta, Diogu Dalot, Inasiu, Antoniu Silva (Semedu, 66), Danilu Pereyra, Palinya (Ruben Nevesh, 46), Joau Nevesh (Mateush Nunesh, 75), Joau Feliks, Fransishku Konseysau, Ronaldu (Gonsalu Ramush, 66), Netu (Diogu Jota, 75).

Ogohlantirishlar: Ronaldu (28), Netu (44), Ruben Nevesh (53), Mekvabishvili (85).

Georgia

Khvicha Kvaratskhelia - 2', Georges Mikautadze - 57'

EURO Grp. F . 3-tur

27/06/2024, 00:00

0
:
2
Tugadi

Portugal

Stadion: VELTINS-Arena, 49616 tomoshabin

Bosh hakam: Sandro Schaerer

45'
90'
2'  Khvicha Kvaratskhelia
2'  Georges Mikautadze
57'  Georges Mikautadze
63'  Luka Lochoshvili (Heorhiy Tsitaishvili)
76'  Giorgi Gvelesiani (Solomon Kverkveliya)
81'  Giorgi Chakvetadze (Anzor Mekvabishvili)
81'  Khvicha Kvaratskhelia (Zuriko Davitashvili)
85'  Anzor Mekvabishvili
28'  Cristiano Ronaldo
44'  Pedro Neto
46'  Joao Palhinha (Ruben Neves)
53'  Ruben Neves
66'  Cristiano Ronaldo (Goncalo Ramos)
66'  Antonio Silva (Nelson Semedo)
75'  Pedro Neto (Diogo Jota)
75'  Joao Neves (Matheus Nunes)

95-daqiqa. O'yin yakunlandi. Gruziya g'alaba qozondi va o'z tarixida ilk bor pley-off bosqichiga chiqdi!

94-daqiqa. Mamardashvili!!! Giorgidan yana bir super seyv! 

93-daqiqa. Qanday imkoniyat? Portugaliya o'ta xavfli hujum uyushtirdi. Zarba aralash uzatmaga hech kim tegina olmadi! Portugaliya o'yinni golsiz tark etmoqchi emas.

91-daqiqa. Zarbaa! Nelsen Semedu yaqin masofadan zarba berdi. Mamardashvili ajoyib seyv!

90-daqiqa. O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi.

85-daqiqa. Hozirgina o'yinga qo'shilgan Anzor Mekvabishvili sariq kartochka oldi.

81-daqiqa. Gruzinlan qo'shaloq o'zgarish qilishmoqda. Mekvabishvili va Davitashvili o'yinga qo'shildi. Kvaracxeliya va CHakvetadze o'yindan olindi.

76-daqiqa. Gruziyada o'zgarish. Kvirkveliya o'rniga Gvelashini o'yinga qo'shildi.

75-daqiqa. Mateush Nunesh ham jangga tashlandi, Neveshga berilgan vaqt tugadi.

66-daqiqa. O'zgarish. Diogu Jota o'yinga qo'shiladi, u Netoni almashtiradi.

Ronaldu zaxiraga olinganidan norozi:

66-daqiqa. O'zgarish. Krishtianu Ronaldu zaxiraga olinmoqda. Uning o'rniga Gonsalu Ramush maydonga tushdi. Bundan tashqari Silva o'rniga Semedo ham o'yinga qo'shildi.

63-daqiqa. O'zgarish. Lochoshvili jarohat sabab maydonni tark etdi. Uning o'rniga Tsitaishvili o'yinga qo'shildi.

57-daqiqa. GOOOOOOOOL! Mikautadze penaltini aniq amalga oshirdi! Gruziya ishonchli hisobda oldinga chiqdi! 2:0

56-daqiqa. Portugaliya darvozasi tomon penalti belgilanmoqda! Portugallar himoyachisi jarima maydoniga yorib kirayotgan futbolchining oyog'iga tepdi.

53-daqiqa. Yaqindagina maydonga tushgan Ruben Nevesh ogohlantirildi.

46-daqiqa. O'zgarish. Palinya o'rniga Rubun Nevesh maydonga tushdi

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


45+2-daqiqa. Hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Kutilmaganda Gruziya birinchi bo'limdan keyin hisobda oldinda bormoqda.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44-daqiqa. Ogohlantirish! Pedru Netu simulyaciya uchun kartochka ishlab oldi. 

43-daqiqa. Giorgi CHakvetadze o'yin qoidasini buzdi. Antoniu Silva jabrlanuvchi rolida. 

39-daqiqa. Palinya Mikautadzega nisbatan keskin o'ynadi - fol.

35-daqiqa. Giorgi CHakvetadze faollik ko'rsatib, to'pni jamoasiga olib berdi.

33-daqiqa. Xvicha Kvaracxeliyada imkoniyat yuzaga keldi. U zarba berish uchun imkoniyat topdi, lekin kiperni dog'da qoldira olmadi. 

32-daqiqa. Joau Palinya to'p uchun kurashda Xvichaga nisbatan qoidani buzdi.  

28-daqiqa. Ogohlantirish! Hakam bilan tortishgani uchun Krishtianuga kartochka ko'rsatildi.

26-daqiqa. Otar Kiteishvili yordam kerakligini ko'rsatib, maydonga quladi.   

24-daqiqa. Joau Nevesh zarba berdi, ammo Georgiy Kochorashvili to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.  

21-daqiqa. Joau Feliks jarima zarbasidan to'pni o'yinga kiritdi va uni Antoniu Silvaga yo'lladi, himoyachining zarbasiga aniqlik etishmadi. 

17-daqiqa. Krishtianu Ronaldu jarimadan yaxshi zarba yo'lladi. Mamardashvili ham ishonchli o'ynadi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

15-daqiqa. Diogu Koshta oldinroqqa chiqib, to'pni egallab oldi. 

12-daqiqa. Otar Kakabadze to'p uchun kurashda Feliksga nisbatan fol ishlatdi deb topildi.

10-daqiqa. Pedru Netu "podkat"da to'pni olib qo'ydi. 

7-daqiqa. Gruziya termasi sardori Guram Kashiya to'pni olib qo'ydi. 

6-daqiqa. Portugaliya vaziyat yaratishga urinmoqda. 

2-daqiqa. Mikautadzedan to'pni qabul qilgan Xvicha Kvaracxeliya ajoyib zarbasi bilan hisobni ochmoqda!

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi! 

Mamlakatlar madhiyalari yangramoqda. 

Har ikki jamoa asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi. 


-

Reyting: +9   

Fikrlar

+16   
27 iyu 02:13:17
Hakan Chalxanoglu
Музаффар Махмудов foydalanuvchining fikriga javob berish
Грузинлар гол уришди, энди португаллар зўрлайди уларни
Зурланди шекилли португал лулилари
+14   
27 iyu 05:08:46
Dostonbek Anvarov
M.B foydalanuvchining fikriga javob berish
Сиргали бола уролмаптию?
Чунки бу Саудия емасда
+13   
27 iyu 02:20:47
M.B
Сиргали бола уролмаптию?
+13   
27 iyu 02:03:26
MIRZAYEV O'KTAMJON
Gruziya autsaydr jamoalar sifatida snakgan edi shu saytda) O'sha postga kimdir Gruziya Xvicha - pvicha lari bo'lsa ham Gruziya xech narsa qila olmaydi degan edi. Mana endi Gruziya Partugaliyani yutgan xolda Xarvatiya qila olmagan ishni qilda va uchunchi o'rin bilan pley of ga chiqdi.
+9   
27 iyu 10:59:42
Dostonbek Anvarov
Shoxrux Mirzayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Men ham boyadan beri shuni aytdim lkn odamlar uni 39ga kirganini aytishdi
19 йошидаям шу ахволиди бу Мессимиди бир ози хал киворгани
+9   
27 iyu 10:47:15
...
Rasul M foydalanuvchining fikriga javob berish
Gnomchani jamoasi yutqizsa qarang jamoa tarkibiga jamoa xam xarakat qilishi kerakku faqat messi bor deb oynamaslik kerakda deyishadi Ronaldu jamoasi yutqizsa Ronaldu oynamadi ornini boshatmadi u qimadi bu qimadi...Sizlar Gnom gnom deysizlar yozadigan komentlaringdan Fikirlaringdan kimni zorligini ozlaring aytayapsizlarku exxx Dumbulkozlar Futbolni koti bilan koradiganlar
Мунча йигладинг Канжик Алабай. Кейинги уйинда аданг гол уриб колар хафа бума))))
+9   
27 iyu 06:58:18
VodiySoft
Axaxa, poker, het-trik, dubl kutishgandi uning muhlislari. xD
+9   
27 iyu 01:49:25
Shoxrux Mirzayev
Ronaldu nega mavsumda 50 ta gol uriwi sababi bilindi. Saudiya Ligasi oson ekan cunki Yevroda hec narsa qilolmayapdi. 3 uyindirki gol yuq.
+8   
27 iyu 10:19:43
M.B
Hakan Chalxanoglu foydalanuvchining fikriga javob berish
Турклар мусулмон кардошларимиз ахмок, португаллар цыганлардан таркаган. Сан ким томондасан узи
Албатта улар эмблемасида крестик хочи бор Португалияни танлашади Ярим ой шаклидаги Туркларни эмас. Улардан хафа бумен кузларини нажас босган айримлари яна узидан мулла ясаволган футбол сохасида Роналду Мессига бас келолмагандан кейин улар Роналдуни мусулмонга чикаришди вахоланки якинда булиб утган АлХилол АлНаср уйинида пеналтилар сериясида оталари на коления туриб тинмай чукинди энди нима уйлаб топишаркин шуниси кизик детский бохоналари куп буларни.
+8   
27 iyu 09:21:59
Tulkin Alimov
Мураббий бу таркиб билан Роналдуни тушуриб хато қилди,
Роналду ўзи беозор футболчи, кучли шериклари бўлмаса ўзи вазият яратолмайди, жамоасини олдинга тортолмайди ҳам.
Лекин шериклари бирга бир вазият яратиб берса гол уруш аниқлиги бошқа футболчилардан юқори.
Кейинги ўйинлада омад Роналдуга.
+8   
27 iyu 07:32:44
VodiySoft
ManCity vs Jerona foydalanuvchining fikriga javob berish
Sani og'zinga berishni kutishyapti muxlislar soska.
Lekin Gruziy senlarni og'zingga berib ketishibdi. xD
+7   
27 iyu 10:58:47
Dostonbek Anvarov
Rasul M foydalanuvchining fikriga javob berish
E qoyil lekin Soat 5da yozishga majbur bolibsiz sizlarni xam tushunsa buladi
Сасиб йотмимизда биз ертарок турамиз
+7   
27 iyu 01:53:04
Lochin Ziyadullayev
Иеее жамоавий уйнардику булар
+6   
27 iyu 11:09:39
VodiySoft
M.B foydalanuvchining fikriga javob berish
Сизам чарчамаскансизда а бу далил бумагандан кейин фактни кайердан олишади булар бумас гаплар билан бошизи огритишади яна как будто правдек бир бирига махтанишади едирдим деб .
Shunisiga qotaman men ham. xD
+6   
27 iyu 11:00:25
Dostonbek Anvarov
M.B foydalanuvchining fikriga javob berish
Тренериям афсусда буса керак ; Бу тахтани кайданам чакирдим деб
Буни орнига 1 коп кепе болса хам сал фойдалирок боларди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика