Evra: "Agar Messi Ronaldu kabi mehnat qilganida, 15 ta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan bo'lardi"
09 mar 2023 21:08
Yangiliklar
Evra: "Agar Messi Ronaldu kabi mehnat qilganida, 15 ta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan bo'lardi"
"Men nima uchun har safar Ronaldu haqida gapirishimni tushuntirmoqchiman. U bizning birodarimiz bo'lgani uchun emas, balki uning mehnat etikasiga qoyil qolganim uchun u haqda bot-bot takidlayman. Xudo Messiga shunchaki iqtidor berdi, Ronaldu esa barcha mkvaffaqiyatga erishishi uchun mehnat qilishi darkor edi. Ronalduda ham talant bor edi, ammo uni takomillashtirishi lozim edi. Agar Messida Ronaldu kabi mehnat etikasi bo'lganida, bugun u 15 taga yaqin "Oltin to'p"ni qo'lgan kiritishi mumkin edi", - dedi Evra.
Argentinalik hujumchi joriy mavsum PSJ safida barcha turnirlarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 35 yoshli hujumchi Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
Ronaldu esa qishki transfer oynasida "Al Nassr"ga o'tdi. Portugaliyalik forvard Saudiya Arabistoni klubi bilan ikki mavsumlik shartnoma imzoladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar