Eshitdik-da! Vagiz Galiulin va yana ikki futbolchi "Andijon"da
29 dek 2022 14:15
Yangiliklar
Eshitdik-da! Vagiz Galiulin va yana ikki futbolchi "Andijon"da
Bizga malum bo'lishicha, jamoa yana bir qator futbolchilar bilan muzokaralar olib bormoqda. Bular – Vagiz Galiulin, Sardor Azimov hamda Bobur Akbarov.
Tajribali yarim himoyachi Vagiz Galiulin shu paytga qadar Rossiya Birinchi ligasi vakili "Nefteximik" safida o'ynab kelayotgandi. Taniqli futbolchi endilikda "burgutlar" sharafini himoya qilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, yarim himoyachi Sardor Azimov va himoyachi Bobur Akbarov ham yangi mavsumni andijonliklar safida o'tkazishi aytilmoqda.
Sardor Azimov o'tgan mavsum "Qo'qon-1912" tarkibida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qilgandi. 33 yoshli himoyachi Bobur Akbarov esa o'tgan mavsum "Surxon" libosida 25 ta o'yinda maydonga tushib, "1+1" natija ko'rsatgan va 6 marta sariq kartochka olgan edi.
Avvalroq "Andijon" Farhod Bekmurotovni safiga qo'shib olganini malum qilgandik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar