Eshitdik-da! Samvel Babayan "Navbahor"ni tark etdi
28 iyu 2024 22:42
Yangiliklar
Biroz avval telegram kanalimizda "Navbahor" klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan istefoga chiqqani borasida xabar bergandik. Championat.asia nashrining Namangandagi manbalari "Navbahor" klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan "Navbahor"ni tark etganini tasdiqladi. Malumot uchun, Samvel Babayanning "Navbahor" bilan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangandi.
Bundan bir necha kun avval Samvel Babayan boshchiligidagi "Navbahor" "Andijon"ga qarshi o'yinda yirik mag'lubiyatni (0:3) qabul qilib olgandi. Ayni damda "Navbahor" Superliga jadvalida 19 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Babayan 2021 yilning 27 noyabrida "Navbahor" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Uning bundan oldingi ish joyi Xitoyning "CHangchun Yatay" klubi bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"