So’nggi yangiliklar

11:56Осиё кубоги-2026 саралаш баҳслари бошланмоқда  0 10:55Моуринью мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  1 10:42ОЧЛ-2. "Андижон"нинг рақибида жамоани ким бошқаради?  3 10:26"Атлетик" бош мураббийи: "Агар "Арсенал" Ла Лигада ўйнаганида, қаторасига 10 марта чемпион бўларди"  14 10:11"Пахтакор" – "Нефтчи" ва бошқа учрашувлардаги хатолар. Суперлиганинг 21-турида ҳакамлик таҳлили  3 09:58Аморимнинг хайдалиши "Манчестер Юнайтед"га қанчага тушиши ҳисоблаб чиқилди  13 09:30Равшан Мухадов: “Турнирда кучсиз жамоа йўқ”  4 09:02Максим Шацких: “Рақибни ҳурмат қиламиз, лекин қўрқмаймиз. Бу ерга дуранг учун келганимиз йўқ, ғалаба учун ўйнаймиз”  6 08:35Мессининг ажойиб ҳаратлари "Интер Майами"га ғалаба тақдим этди  3 08:09ОЧЛ 2. "Андижон" мусобақадаги ўз "юриши"ни бошлайди  26 08:02Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" мусобақани ғалаба билан бошлади  2 06:15ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ҳамда "Тоттенхэм" ўз майдонида ғалаба қозонди. "Ювентус" қўшиб берилган дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бенфика" эса "Қорабоғ"га ютқазди  23 02:05ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни мағлубиятга учратди  114 00:50Ямал жароҳати туфайли "Ньюкасл"га қарши ўйнамайди  2 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  29

Eshitdik-da! Ro'ziqul Berdiev Toshkentda ishlashi mumkin! Yangiliklar

Eshitdik-da! Ro'ziqul Berdiev Toshkentda ishlashi mumkin!

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev mavsumni ikkinchi qismida boshqa jamoani boshqarish ehtimoli yo'q emas.

Eshitishimizga qaraganda, "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdievga Toshkent viloyatining AGMK jamoasi qiziqmoqda. AGMKning joriy mavsumda Superligadagi natijalari keskin pasayib ketgani va jamoa turnir jadvalida quyi o'rinlarda borayotgani klub rahbariyatini qoniqtirmayapti. SHu boisdan ham Viktor Kumikovga yaqin orada chiqish eshiklari ko'rsatilishi mumkin. Kumikovni o'rniga esa birinchi nomzod sifatida "Nasaf"da ishlayotgan tajribali mutaxassis Ro'ziqul Berdiev qaralmoqda.

Ayni paytda "Nasaf"dagi moliyaviy holat yomonlashgani jamoadagi ko'plab etakchi futbolchilarni ketishga undamoqda. Hozircha jamoani rasman hech kim tark etmagan bo'lsada, transfer oynasi ochilishi bilanoq ko'plab futbolchilar boshqa jamoalarga ketib qolish ehtimoli yuqori. Buni Ro'ziqul Berdiev ham bir necha marotaba matbuot anjumanlarida takidlab o'tgan. Va Berdiev, agarda jamoani etakchilar tark etadigan bo'lsa, bunga murabbiy sifatida tayyor emasligini bildirgandi.

Agarda vaziyat shu ro'sinda davom etadigan bo'lsa, unda Berdiev ham "Nasaf"ni tark etish ehtimoli yo'q emas. Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, AGMK Kumikovning o'rniga Ro'ziqul Berdiev variantini ko'rib chiqayotgani aytilmoqda.

Ro'ziqul Berdiev o'z vaqtida "Nasaf"da Viktor Kumikovga yordamchi sifatida ishlab murabbiylik sohasiga ilk qadamlarini tashlagan

Eslatib o'tamiz, 30 may kuni AGMK - "Nasaf" jamoalari Olmaliqda O'zbekiston kubogi nimchorak final doirasida to'qnash kelishadi.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика