So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Eshitdik-da: PFL o'tgan yil yakunlari hamda yangi mavsumga bag'ishlab katta yig'ilish o'tkazadi Yangiliklar

Eshitdik-da: PFL o'tgan yil yakunlari hamda yangi mavsumga bag'ishlab katta yig'ilish o'tkazadi

Bizgacha etib kelgan gap-so'zlarga qaraganda, PFL yaqin kunlar ichida katta yig'ilish tashkil qilmoqchi.

Bunda o'tgan mavsum yakunlari keng tahlil qilinadi, shuningdek, yangi mavsum oldidan maqsad va rejalar keng jamoatchilikka malum qilinadi. 

Yaxshi bilasiz, o'tgan yilning yoz oyida O'FA rahbariyatida o'zgarish ro'y berganidan so'ng avtomatik ravishda PFLda ham o'zgarish bo'ldi. Lekin yangilangan PFL hozircha katta yig'ilish tashkil qilib OAV vakillari bilan suhbat qurgani yo'q. Aftidan shunday yig'ilish shu yilning fevral oyida, to yangi mavsum start olgunga qadar bo'lib o'tadi. 

Katta ehtimol bilan yig'ilishda barcha turdagi OAV xodimlari taklif qilinadi. Bunda bir qator savollarga javob olinishi, xususan o'tgan mavsumning plyus va minus tomonlari, yangi mavsumda Superligada aniq nechta jamoa qatnashishi, qura qachon bo'lishi, bu yilgi Superliga qaysi nom ostida o'tkazilishi, Pro liga formati va boshqa savollar borasida PFL rahbariyati tomonidan malumot berilishi kutilyapti. 

Faqat hozircha ushbu katta yig'ilishning qachon va qaerda bo'lib o'tishi elon qilingani yo'q.

Reyting: -43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика