Eshitdik-da! Parij Olimpiadasiga boradigan OTJ azosi "Bunyodkor"ga o'tmoqda
09 iyu 2024 17:29
Yangiliklar
Eshitdik-da! Parij Olimpiadasiga boradigan OTJ azosi "Bunyodkor"ga o'tmoqda
Jamoalar allaqachon tarkibni kuchaytirish jarayonini boshlab yuborishgan.
"Championat.asia" olgan malumotga ko'ra, Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi bilan Parij Olimpiadasiga boradigan futbolchi "Bunyodkor" jamoasiga o'tmoqda. Gap "Olimpik" darvozaboni Hamidullo Abdunabiev haqida ketmoqda. "Qaldirg'ochlar" va darvozabon o'zaro kelishuvga erishib bo'lishgan. SHartnoma imzolashning so'nggi bosqichi qolgan. Abdunabiev Superliga 1-davrasining oxirgi o'yinlarida o'zini juda yaxshi ko'rsata oldi va Kapazde tomonidan Olimpiadaga boradigan ro'yxatga kiritildi.

Eslatib o'tamiz, 21 yoshli Hamidullo joriy mavsum "Olimpik" tarkibida Superligada 10ta uchrashuvda maydonga tushdi va o'z darvozasidan 10 ta gol olib chiqib, 4 ta bellashuvni "quruq" o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar