Eshitdik-da! O'zbekiston U-23 terma jamoasining yana bir futbolchisi legionerga aylanishi mumkin
02 iyu 13:13
Yangiliklar
Eshitdik-da! O'zbekiston U-23 terma jamoasining yana bir futbolchisi legionerga aylanishi mumkin
Superligada birinchi davra yakuniga etdi
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchilaridan yana biri yozgi transfer oynasida legionerga aylanishi mumkin. Gap "Olimpik" hujumchisi Alisher Odilov haqida ketmoqda. "Championat.asia" olgan malumotga ko'ra, Odilov vakillari bir qator turk klublari va BAAning "Al Vahda" jamoasi bilan muzokaralar olib borishmoqda. Turk jamoalari orasida boshqa bir hamyurtimiz Husniddin Aliqulov to'p tepadigan "Rizespor" jamoasi ham bor. "Al Vahda" tarkibida esa Hojimat Erkinov harakat qiladi.
Yodingizda bo'lsa, Odilovga mavsum avvalida "Navbahor" jamoasi jiddiy qiziqish bildirgan edi. Yozda ham uni o'z safida ko'rmoqchi bo'layotgan o'zbek klublari bor. Ammo, hujumchining o'zi legionerga aylanishni xohlamoqda.
Alisher Odilov joriy mavsum Superligada 12ta o'yin o'tkazdi va 3ta gol urib, 1ta assist berdi.
Fikrlar