So’nggi yangiliklar

23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  12 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди.  69 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  9 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1

Eshitdik-da! O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo chempionatiga chiqqani uchun mukofot pullarini hali olmagan Yangiliklar

Eshitdik-da! O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo chempionatiga chiqqani uchun mukofot pullarini hali olmagan

Xabaringiz bor, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi joriy yil 25 sentyabrdan 20 oktyabrga qadar Quvaytda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Championat.asia saytiga malum bo'lishicha, futzal terma jamoamiz azolari musobaqaning final bosqichiga chiqqanliklari uchun hali hamon mukofot pullarini olishmagan. 

SHu yil 10-12 aprel sanasida Bishkekda o'tgan saralash bahslarida guruhda ilk turda Nepalni (5:1), ikkinchi turda Afg'onistonni (5:1), so'nggi bahsda Tojikistonni (5:2) taslim qilgan Bahodir Ahmedov shogirdlari 3ta o'yinda 100 foizli natijaga erishgandi. 

Malumotlarga ko'ra, O'FA tomonidan keyingi bosqichga yo'llanma uchun har bir futzalchiga 10 million so'mdan mukofot pulini vada qilgan. Biroq keyinchalik ushbu miqdor 5 million so'mdan berilishi aytilgan. Afsuski, oradan 4 oy o'tdi hamki pul mablag'lari futzalchilarga berilmagan.

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy va U-23 terma jamoalari o'zlari ishtirok etgan turnirdagi muvaffaqiyatli natija uchun darhol mukofot pullarini olishdi. Ammo nima uchundir futzalchilarga kelganda O'FA buni cho'zib kelmoqda. Vaholanki, O'zbekiston futzal terma jamoasi so'nggi Jahon chempionatida guruhdan chiqqan, Osiyo "yo'lbarslari" hisoblangan Eron bilan tengma-teng kurash olib borgan edi.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика