Eshitdik-da! "Olimpik" himoyachisiga Superliganing 4 klubi qiziqmoqda
08 dek 2023 19:47
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Olimpik" himoyachisiga Superliganing 4 klubi qiziqmoqda
"Championat.asia" olgan malumotlarga ko'ra, Toshkentning "Olimpik" jamoasi o'ng qanot himoyachisi Saidazamat Mirsaidovga Superliganing birdaniga 4 klubi qiziqish bildirmoqda. Bular: "Navbahor", "So'g'diyona", "Lokomotiv" hamda "Neftchi". Yuqoridagi klublar futbolchi bilan aloqaga chiqib ulgurishgan va muzokaralar ham boshlangan.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli Saidazamat ortda qolgan mavsum Superliga va O'zbekiston kubogida jami 29 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urib, 2 ta assist qayd etdi.

Malumot uchun "Navbahor"da o'ng qanot himoyachisi Davron Hoshimovning klub bilan tuzgan shartnomasi o'z nihoyasiga etgan. "So'g'diyona"da o'ng qanot himoyachisi Alisher Salimov jamoani tark etgan. "Lokomotiv" o'ng qanot qo'rg'oni Manuchehr Safarov bugun rasman "Neftchi" azosiga aylandi. "Neftchi"ning o'ng qanot himoyachisi Umar Adhamzoda esa "Paxtakor"ga o'tish arafasida ekanligini xabar bergandik. Ko'rib turganingizdek yuqoridagi 4 klubda ham o'ng qanotda muammolar yuzaga kelgan. Faqatgina "Neftchi" Manuchehr bilan imzolangan shartnomadan keyin bu chiziqdagi muammosini bartaraf etgandek.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar