So’nggi yangiliklar

11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  4 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  2 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  4 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  6 09:13"Ливерпуль" 19 ёшли футболчисини 25 миллионга сотди  4 09:02EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  9 08:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  7 08:03Февзи Давлетов: "Вазиятлардан фойдалана олмаслик муаммомиз бўлиб қолмоқда"  1 07:46Отабек Нарзуллаев: "Ютишимиз ёки ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  0 07:28Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 07:10Суперлига. "Сурхон" — "Машъал" 0:0  0 06:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 2:0  3 01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  42

Eshitdik-da: "Navbahor"ni kelasi mavsum kim boshqarishi malum?! Yangiliklar

Eshitdik-da: "Navbahor"ni kelasi mavsum kim boshqarishi malum?!

Eshitimizga qaraganda, Namanganning "Navbahor" jamoasi kelasi mavsum uchun rejalarni tuzmoqda.

Klub rahbariyati jamoaning joriy mavsumdagi ishtirokidan qoniqish xosil qilmayapti va qo'yilgan vazifalarni uddalay olmayotgan murabbiylar shtabining ishini qayta ko'rib chiqishni maqsad qilgan.

Katta ehtimol ayni paytda jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis uchun bo'lajak o'yinlar oxirgi imkoniyatga aylanishi mumkin. Agarda ehtimoliy istefo ruy bersa, jamoani yil so'nggiga qadar yaqinda "Navbahor"ga kelgan yordamchi murabbiy No'mon Hasanov boshqarib turishi aytilmoqda. SHuningdek, Kanchelskis bilan shartnoma va tovon puli ko'rsatilgani bois, klub Kanchelskisga boshqa lavozim taklif etishi ham mumkin. Yani, klub Kanchelskisdan bosh murabbiylik vakolatini olib qo'yib, shartnoma shartlarini bajarishda davom etishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" rahbariyati mavsum avvalida jamoa oldiga yuqori maqsadlar qo'yilgani va namanganliklar kamida OCHL yo'llanmasi uchun kurashishlarini takidlagandi. Lekin jamoaning hozirgi egallab turgan o'rni klub rahbariyatini aslo qoniqtirmayapti.

SHu bois rahbariyat kelasi mavsumda jamoa ruliga "Navbahor"ning sobiq murabbiyi Ilhom Mo'minjonovni qaytarmoqchi. Eshitishimizga qaraganda, Mo'minjonov klub rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazgan va og'zaki kelishuv amalga oshgan.

Xabaringiz bor, futboldan malum vaqt chetlatilgan Ilhom Mo'minjonovning diskvalifikaciyasi yil so'nggida nihoyasiga etadi va kelasi mavsumdan yana ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi. "Navbahor" rahbariyati jamoaning muvaffaqiyatsizligini aynan Ilhom Mo'minjonovni rulga qaytarish orqali to'htatmoqchi.

Malumot uchun: "Navbahor" Superliganing 15-turidan keyin 20 ochko to'plagan holda musobaqa jadvalida 7-o'rinda bormoqda. "Navbahor"ning g'alabasiz seriyasi 6 o'yinga cho'zilgan. Jamoa so'nggi bor 13 iyul kuni "Qizilqum"ni mag'lub etgandi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика