So’nggi yangiliklar

13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  3 12:40Суперлига. 23-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 12:27Эксперт фикри. Диёр Мирзабоев: "Андижон" икки фронтга тайёр эмасдек кўринди, баъзи жамоалар таркиби Суперлига учун етарлича кучлимас"  0 11:55​"Нефтчи" мухлислари қаршисида "Динамо"ни доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0 11:26Ўзбекистон кубоги ярим финал ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  4 11:14Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашувини ким бошқариши маълум  6 11:09Владислав Цейтлин Роналду клубининг ўйинида ишлайди   1 11:02Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ҳакамлар 2-турнинг иккита ўйинида ишлашади  0 10:58Футзал бўйича саралаш. Бошқа гуруҳларда кимлар бор?  0 10:54Футзал. Бугун терма жамоамиз Шарқий Тиморга қарши майдонга тушади  1 10:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг навбатдаги йиғинига чақирилган футболчилар маълум  4 10:01Элит ОЧЛ. Биринчи тур учун рамзий жамоа тузилди, ундан "Насаф" ўйинчиси ҳам ўрин олди   1 09:52Sofascore. Жароҳат олиб, майдони тарк этган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 09:21Гвардиола шахсий антирекордини янгилади  3

Eshitdik-da: Nasafda bayram kayfiyatidan asar ham yo'q - Maoshlar, mukofot pullari va medallar ham topshirilmagan Yangiliklar

Eshitdik-da: Nasafda bayram kayfiyatidan asar ham yo'q - Maoshlar, mukofot pullari va medallar ham topshirilmagan

Teglar :  Nasaf
Joriy mavsum Superligadagi eng yosh jamoa bo'lgan Nasaf musobaqaning kumush medallarini qo'lga kiritdi.

Jamoa o'z oldiga qo'yilgan vazifani alo tarzda uddalaganiga qaramasdan, rahbariyat tarafdan munosib taqdirlinmagan. «championat.asia» malumotiga ko'ra, jamoa azolariga klub 3 oylik maosh, 7ta g'alabali o'yindagi mukofot pullari va kumush medalni qo'lga kiritgani uchun hech qanday bonuslar berilmagan. Yani klub ayni paytda futbolchilar 3 oylik maosh, 7ta mukofot pullari va bajarilgan vazifa uchun vada qilingan qo'shimcha bonuslarni olmagan.

Ustiga-ustak «Nasaf» PFL tayyorlab qo'ygan kumush medallarini ham olib ketmagan va yangi yil oldidan taqdirlash marosimi ham o'tkazgani yo'q.

Bu haqda «Nasaf» futbolchilari ham saytimizga malum qilishdi.

Jamoa futbolchilari va boshqalar rahbariyat tomonidan bunday etiborsizlikdan juda ranjishgan. Ular o'zlarini kumush medallarini qo'lga kiritgandek emas, balki quyi ligaga tushib ketgan jamoadek his etishmoqda.

«Nasaf» rahbariyati esa qator qo'ng'iroqlarni javobsiz qoldirmoqda.

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev yil avvalida «Nasaf» jamoasi bilan uchrashgan va klub oldiga sovrinli o'rinlarni egallashni vazifa qilib qo'ygandi. Mavsum o'rtasida esa klub bilan uchrashib, barcha sharoitlar yaratilishi va kelasi mavsum uchun shartnomasi tugayotgan futbolchilar bilan shartnoma uzaytirish masalasi hal etilishi, klubning moliyaviy ahvoli yaxshilanishini malum qilgandi.

Ayni paytga qadar «Nasaf» hech bir futbolchi bilan shartnomani uzaytirmagan va aksincha, qarzdorliklar ham uzilmagan. Zoyir Mirzaev faqatgina «Nasaf»ni kumush medallarini qo'lga kiritgani bilan tabriklash bilan kifoyalandi.

Hozirgi kunda «Nasaf»ning ko'plab futbolchilari mavjud sharoitdan norozi va ketish kayfiyatida.

«Nasaf» bosh menederi Sergey Kucherenko esa bizdagi malumotlarga ko'ra o'z yurtiga jo'nab ketgan va futbolchilarga vada qilingan pullarni to'lanishini taminlay olganicha yo'q.

Reyting: -99   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика