So’nggi yangiliklar

10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  0 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  1 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  0 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   1 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  2 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   7 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  13 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  3 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  15 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  35 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  421 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  9 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0

Eshitdik-da haqiqatga aylanmoqda. OFK yana ikkita musobaqani qoldiradimi? Yangiliklar

Eshitdik-da haqiqatga aylanmoqda. OFK yana ikkita musobaqani qoldiradimi?

25 dekabr kuni OFK 2021 yil o'tkazilishi kutilayotgan ikkita musobaqani qoldirishi haqida xabar bergandik.

Gap yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatlari haqida ketyapti. 24 dekabrda FIFA 2021 yilgi U-20 hamda U-17 jahon chempionatlarini o'tkazmasligini rasman malum qildi. 

U-20 jahon chempionati 2021 yil Indoneziyada, U-17 jahon chempionati Peruda bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgandi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli jahon futbol tashkiloti mezbonlik huquqini saqlab qolgan holda har ikki musobaqani 2023 yilgacha bekor qilishni lozim topdi.

SHundan so'ng o'z-o'zidan OFK ham U-16 va U-19 Osiyo chempionatlarini 2023 yilgacha qoldirishi haqida gap-so'z chiqdi. Albatta, bu gaplar bejiz emas. CHunki har ikki musobaqa yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatiga yo'llanma beradi. 

Katta ehtimol bilan OFK tez orada bu ikki musobaqa rasman qoldirilganini elon qiladi. SHuningdek, plyaj futboli va futzal bo'yicha Osiyo chempionatlari ham qoldirilgani haqida xabar chiqib qolsa ajab emas. Plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati bu yil Tailandda, futzal bo'yicha Osiyo chempionatini Quvaytda o'tkazish belgilab qo'yilgan. 

Hozirda U-16 va U-19 Osiyo chempionatlari bilan birgalikda plyaj futboli bilan futzal bo'yicha qita birinchiligi ham bu yil o'tkazilmasligi internet tarmoqlarida ko'p muhokama qilinmoqda. Ammo OFK bu borada malumot berganicha yo'q. Lekin shamol bo'lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi deganlaridek, tez orada rasmiy xabar chiqib qolsa kerak. 


U-16 Osiyo chempionati

Musobaqa mezboni: Bahrayn

Belgilangan muddat: 31 mart - 17 aprel, 2021.

FIFA U-17 jahon chempionatini bekor qilganidan so'ng U-16 Osiyo chempionatini o'tkazishga hojat qolmaydi. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Olim SHokirov boshchiligida mazkur musobaqaga hozirlik ko'rayotganidan xabaringiz bor. Va bu hozirlik toki rasmiy malumot chiqmaguncha davom etadi. 


U-19 Osiyo chempionati

Musobaqa mezboni: O'zbekiston

Belgilangan muddat: 3-20 mart, 2021.

Yurtimizda o'tishi kerak bo'lgan bu turnir ham mart oyida o'tkazilmaydi. Musobaqa shu bilan 2023 yil bo'lib o'tadi va mezbonlik huquqi O'zbekistonda saqlanib qoladi.


Futzal bo'yicha Osiyo chempionati

Musobaqa mezboni: Quvayt

Belgilangan muddat: 23 mart - 3 aprel, 2021.

Jahon chempionatiga yo'llanma beruvchi mazkur musobaqa ham katta ehtimol bilan o'tkazilmaydi. Hozircha FIFA 2021 yilning kuzida Litvada bo'lib o'tishi kerak bo'lgan futzal bo'yicha jahon chempionatini bekor qilgani yo'q. Agar jahon futboli tashkiloti shunday qarorga kelsa, o'z-o'zidan OFK ham FIFA izidan boradi.


Plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati

Musobaqa mezboni: Tailand

Belgilangan muddat: 28 aprel - 8 may, 2021.

Plyaj futboli bo'yicha qita birinchiligini Tailandda o'tkazish ko'zda tutilgan va bunda 16ta jamoa ishtirok etishi belgilab qo'yilgan. Lekin ishtirokchilar nomi to'liq malum emas. Agar musobaqa qoldiriladigan bo'lsa, buni bilishga hojat ham qolmaydi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика