Eshitdik-da! Armanistonning 4 karra chempioni Jo'raevni transfer qilmoqchi
12 jan 2023 01:25
Yangiliklar
Eshitdik-da! Armanistonning 4 karra chempioni Jo'raevni transfer qilmoqchi
Gap Erevanning "Alashkert" jamoasi haqida ketmoqda.
Arman klubi Dilshod Jo'raevni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Futbolchi bilan muzokaralar o'tgan haftada boshlangan.

Malum bo'lishicha, "Alashkert" 30 yoshli xavbekning xizmatlariga o'tgan yilning fevral oyida o'tkazilgan "Bunyodkor"ga qarshi o'rtoqlik o'yinidan keyin qiziqib qolgan.
Malumot uchun, Dilshod Jo'raev 2022 yilning dastlabki qismida "Bunyodkor", 2-davrada "Qizilqum" sharafini himoya qildi. Mavsum davomida 23ta rasmiy o'yin o'tkazgan tayanch yarim himoyachisi o'z hisobiga 4 gol, 1ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar