So’nggi yangiliklar

17:52Расман: Манчини Қатар клубида иш бошлади  0 17:30Франция бугун масалани ҳал қила оладими ва Грузиянинг сўнгги имкони! Барчаси терма жамоаларнинг топ ўйинлари ҳақида  0 17:10Мисрлик журналист: "Ўзбекистонга қарши учрашув Африка Кубоги учун услубни синовдан ўтказиш имконияти дегани. Салоҳ Месси эмас"  1 16:46"Реал" стадиони номига ўзгартириш киритди  3 16:20Кристенсен: "Умид қиламанки, "Барселона"да қоламан. Менда Б режа йўқ"  1 15:51Жеррард Англия жамоаси бошқарувига келиши мумкин  0 15:27Ўзбекистонлик ҳакамлар Португалия – Бельгия баҳсида ишлайди  1 14:53Ҳоланд, Нету, Винисиус Европанинг энг тезкор футболчилари қаторидан жой олди  4 14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  1 13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  3 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  6 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  8 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  3

Eshitdik-da! "Andijon"ga transfer taqiqi qo'yilishi mumkin Yangiliklar

Eshitdik-da! "Andijon"ga transfer taqiqi qo'yilishi mumkin

Teglar :  Andijon
"Andijon" klubining yangi rahbariyati "eski"lardan qolgan qarzlarni uzishda katta kuch sarflaganidan xabaringiz bor.

"Burgutlar"ni yillar davomida qiynab kelgan muammolardan biri Predrag Vuyovich masalasi edi.

Eslatib o'tamiz, CHernogoriyalik futbolchi 2015 yilda "Andijon" klubi safida to'p surgan. Keyinchalik klub futbolchi oldidagi moliyaviy majburiyatlarini to'liq bajarmagani sabab Vuyovich "Andijon" ustidan FIFAga, keyinroq esa CAS – Xalqaro sport arbitraj sudiga arz qilgan. 

FIFA klubni bir necha bor ogohlantirishiga qaramasdan "Andijon" uzoq yillar bu borada aniq choralar ko'rmay kelgan. Natijada yodingizda bo'lsa o'tgan yili qishgi transfer oynasida "Andijon"ga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq qo'yilgandi. 

"Andijon" klubida yangi rahbariyat ish boshlagach 2021 yilning boshida barcha xorijlik futbolchilar oldidagi qarzdorliklar barataf etildi va FIFAning transfer taqiqi olib tashlandi. Xususan, 2021 yil fevral oyida "Andijon" va nihoyat Predrag Vuyovich bilan ham to'liq hisob-kitob qilgan edi. 

Biroq qoidaga ko'ra, mazkur jarayon yillar davomida cho'zilib kelgani bois CAS – Xalqaro sport arbitraj sudi harajatlarini ham ishda yutqazgan tomon to'lab berishi lozim bo'ladi. SHu boisdan 2021 yil 28 iyulda CAS "Andijon" klubi zimmasiga sud harajatlarini to'lash vazifasini yuklagan edi. Ammo klub bu borada chiqarilgan qaror ijrosini hamon taminlaganicha yo'q. 

Natijada "Andijon" bilan til topisha olmagan CAS FIFA Tartib-intizom qo'mitasiga klub ustidan shikoyat kiritdi. Aytishlaricha, FIFA Tartib-intizom qo'mitasi ushbu masalani ko'rib chiqib, "Andijon" klubi CAS chiqargan qarorni bajarmagani sabab klubga intizomiy chora qo'lladi. Unga ko'ra, endi "Andijon" yaqin 1 oy ichida Xalqaro sport arbitraj sudi chiqargan qarorda belgilangan summani to'lashi shart bo'ladi. Agar ish yana paysalga solinsa, 30 kundan so'ng klubga avtomatik ravishda transfer taqiqi kiritiladi. Bu esa klub yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmasligiga olib kelishi mumkin. 

Eshitishimizga qaraganda, gap tahminan 10 000 AQSH dollari haqida ketmoqda.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика