Erve Renar: “Oxirgi 3 daqiqada o'zimizga ishonch qaytdi, ammo juda kech bo'lgandi”
01 dek 2022 09:05
Yangiliklar
Erve Renar: “Oxirgi 3 daqiqada o'zimizga ishonch qaytdi, ammo juda kech bo'lgandi”
“Meksika o'yinni shiddat bilan boshlashini bilardik, chunki pley-offga chiqish uchun yirik to'p farqi bilan g'alaba qozonishlari kerak edi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, darvozabonimizga rahmat, hisob bundan boshqacha bo'lishi ham mumkin edi. Bir soniyaga ham umid qilmadik, ehtimol oxirgi uch daqiqadan tashqari, o'zimizga ishonch qaytdi, ammo allaqachon kech bo'lgandi.
Meksikaning bosimi tufayli qiynaldik. To'pni ushlab tura olmadik. Jamoamizning asosiy muammosi shu: jangda jismonan teng bo'lish kerak. Futbolchilarni tabriklayman, ammo bu o'yinda g'alabaga loyiq emasdik. Bunday jamoa uchun pley-offga chiqish doimo qiyin – Saudiya Arabistoni bunga bir marta 1994 yil erishgan. Mazkur uchrashuv oldidan buni takrorlashni niyat qilgandik, lekin o'tgan bahsni hisobga olsak, bunga loyiq emasdik”, deydi saudiyaliklar ustozi Erve Renar.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar