So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Ertaga start oladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalar ichida eng ko'p legioner Suriyada Yangiliklar

Ertaga start oladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalar ichida eng ko'p legioner Suriyada

Nodirxo'ja Yo'ldoshev o'z telegram kanalida Osiyo chempionatida ishtirok etadigan termalar tarkibidagi legionerlar borasida malumotlarni taqdim qildi.

"Ertaga start oladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalar ichida eng ko'p legioner Suriyada, 6 nafar.

Kuni kecha bir tanishimga aytgandim, yana besh-olti yillardan keyin Suriya o'smirlar va yoshlar terma jamoalari, keyinchalik milliy terma jamoasi Osiyoda top darajaga chiqadi. Buni Marokash misolida ko'rdik. 2011 yil Suriya davlatida boshlangan urush ortidan juda ko'plab mahalliy axoli Vatanni tark etishga majbur bo'ldi. Ular Turkiya orqali Evropaga kirib oldilar. Bugun mana shu xalq vakillarining farzandlari Evropaning turlik futbol akademiyalarida qatnashyapti. Milliy chempionatlarda o'ynayaptilar. Mening shaxsiy fikrim, ular terma jamoa sifatida keyinchalik Suriyani tanlab boraveradilar va bu biz uchun juda bir jiddiy raqib shakllanayotganidan dalolat.

Ertaga biz aynan Suriya terma jamoasiga qarshi bahs olib boramiz. Tarkibda necha nafar legioner maydonga tushishi ko'ramiz va ularning saviyasga ham baho berishimiz mumkin bo'ladi.

Musobaqa ishtirokchilari orasida kimda, qancha legioner degan savolga javob:

1. Suriya  - 6

2. Avstraliya - 4

3. Tojikiston  - 3

3. Iordaniya - 3

4 O'zbekiston - 2

4. Qirg'iziston - 2

4. Iroq  - 2

5. Indoneziya  - 1

5. Janubiy Koreya - 1

5. Yaponiya - 1

5. Xitoy - 1

Yaponiya terma jamoasi safida "Barselona" akademiyasidan, Xitoyda esa "Atletiko" Madriddan futbolchi bor. 

Saudiya Arabistoni va Vetnam terma jamoalarida legioner yo'q. Qatar, Ummon va Eron tarkiblar chiqmagan", - deb yozadi Nodirxo'ja Yo'ldoshev.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика