So’nggi yangiliklar

12:06Халқаро спорт тадқиқотлари маркази Ўзбекистон Суперлигасининг энг қиммат футболчилари рўйхатини эълон қилди  1 11:42Футзал бўйича Олий лига 7-тур учрашувлари қаерда ўтказилиши маълум  0 11:11U-23 Осиё чемпионати-2018. Тор-мор этилган грандлар, Японияга ёрдам беролмаган Хави Алонсо, самолётдаги раққосалар ҳамда "қор жанги"да қўлга киритилган тарихий чемпионликни ёдга оламиз  4 10:48Юнус Али: “Жуда қийин ўйин бўлди”  1 10:20Бензема сурат учун 10 миллион евро тўлади  9 09:52Sofascore. Ашурматов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 09:24Самандар Мавлонқулов фаолиятини пойтахтда давом эттиради  0 08:56"Насаф" футболчиси фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  4 08:28Sofascore. Кечаги учрашувдан сўнг "Бургутлар" неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:25ОЧЛ-2. “Ал-Аҳли” - “Андижон” 2:0  1 07:59Расман. Ўзбекистон чемпиони "Қўқон-1912" билан шартнома имзолади  3 07:32Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”  30 00:50Расман: Ренан Лоди Бразилия клубига ўтди  0 00:20Флик "Барса" билан шартномасини 2028 йилгача узайтириш масаласини муҳокама қилади  0 23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  2

Ertaga CHempionlar Ligasi. Haftaning muhim o'yinlari Yangiliklar

Ertaga CHempionlar Ligasi. Haftaning muhim o'yinlari

Evropadagi ikki nafar eng kuchli to'purar to'qnashuvi, Torres "yuzlik dovoni" arafasida va uchinchi turning muhim o'yinlariga atalgan qisqacha anons.

Aleksis Sanches Levandovskiga qarshi

Evropada ayni paytda gollar kiritish bo'yicha Levandovskiga teng keladigan futbolchi yo'q. U ushbu mavsumda klubi va terma jamoasi safida 15 ta gol kiritishga ulgurdi. "Arsenal" futbolchisi Aleksis Sanchesning natijalari ham chakki emas. 6 ta o'yinda 10 ta gol. Agar londonliklar ECHL guruh bosqichidagi natijalarni yaxshilab olishni istasalar chililik futbolchi Levandovskidan kuchli ekanligini isbotlashiga to'g'ri keladi.


"Arsenal" - "Bavariya", seshanba


Torres 100lik "dovoni" arafasida

Yakshanba kuni "Real Sosedad"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda Torres o'zining 100-golini kirita olmadi. Lekin, u ushbu natijaga "Astana"ga qarshi o'yinda erishishi mumkin.
Torres "Atletiko"dagi ilk o'yinini 14 yil oldin o'tkazgan. Biroq, u madridliklar safida ECHL doirasidagi o'yinda gol kiritmagan. Biroq, 31 yoshli hujumchi ushbu turnirda "CHelsi" va "Liverpul" safida 18 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. Demak, "Astana"ga qarshi o'yinda Torres etiborga molik ikkita voqelikni amalga oshirishi mumkin.


"Atletiko" - "Astana", chorshanba


PSJ uchun sinov


So'nggi paytlarda parijliklar ECHLda g'olib bo'la olishga kuchlari etishini takidlab kelmoqdalar. Biroq, bu hamon quruq gapligicha qolib ketmoqda. "Real"ga qarshi o'yinda ular haqiqatdan ham kuchli jamoaga aylanganlarini isbotlashlari mumkin bo'ladi. So'nggi 3 ta mavsumda PSJ chorak finalgacha etib bordi.

Agar parijliklar mana shunday holatda ham raqib ustidan g'alaba qozona olsalar bu haqiqatdan ham katta natija bo'ladi. David Luis, Veratti, Trapp, Kimpembe kabi futbolchilarning jarohati ularga halal berib qolishi mumkin.


PSJ - "Real", chorshanba


"Zenit" hozircha yo'qotishlarsiz

"Valensiya" va "Gent" ustidan qozonilgan g'alabalardan so'ng piterliklar o'z imkoniyatlarini yaxshilab oldilar. Agar ular "Lion" ustidan g'alaba qozona olsalar ECHLda ketma-ket uchta o'yinda g'alaba qozona olgan ikkinchi rus klubiga aylanadilar. Bundan 20 yil oldin "Spartak" guruh o'yinlarining barchasida g'alaba qozongandi. Ushbu natijani takrorlash Villash-Boash shogirdlarining ham qo'llaridan keladi.


"Zenit" - "Lion", seshanba



Akinfeev yana gol o'tkazib yuborarmikin?

Agar CSKA haqiqatdan ham guruhdan chiqishni maqsad qilgan bo'lsa Igor Akinfeev o'zining "golli" seriyalarini yakunlashi kerak bo'ladi. Rossiyalik darvozabon ECHLdagi so'nggi 33 ta o'yinidan beri gol o'tkazib yubormoqda. U so'nggi marotaba 2006 yil "Arsenal"ga qarshi o'yinda (0:0) o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan ekan. Ikki turdan so'ng ushbu guruhdagi barcha jamoa hisobida 3 ochko mavjud. SHu sababli, MYUga qarshi bo'ladigan o'yin Sluckiy shogirdlari uchun katta ahamiyatga ega hisoblanishini tahmin qilish qiyin emas.


CSKA - "Manchester Yunayted", chorshanba

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика