So’nggi yangiliklar

22:17Рўзиқул Бердиев: "Ҳаммага раҳмат, бошқа гапим йўқ"  24 22:00ЖЧ U-17. Ирландия — Ўзбекистон (Матнли трансляция)  79 21:51Ўзбекистон терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  16 21:43Илёс Зейтуллаев: "Чемпионат охирига келдик, жамоамизда толиқиш бор"  0 21:25Суперлига. "Қўқон-1912" – "Пахтакор" 0:0  0 21:20"Сандерленд" — "Арсенал". Таркиблар маълум  2 21:16"Атлетико" — "Леванте". Таркиблар маълум  1 21:01Вадим Абрамов: "Самарқанддаги мағлубият аламини олдик"  4 20:31Баҳром Ҳайдаров: "Ҳозирги кунда бир очко ҳам биз учун қадрли"  3 20:12Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди  176 20:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасидаги ўйинда тўртта гол урилди  20 19:48Камолиддин Тожиев: "Умид ҳеч қачон сўнмайди"  18 19:17Суперлига. "Ризеспор" меҳмонда дуранг ўйнади, Алиқулов захирадан ўйинга қўшилди  0 19:09Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Корея Республикасига қарши иккинчи ўртоқлик баҳсида мағлубиятга учради  3 18:50Суперлига. "Динамо" "Бунёдкор" майдонида ғалабага эришди  23

Eron U-20 termasi bosh murabbiyi: "Ikki gol ham g'alaba uchun etarli bo'lmadi" Yangiliklar

Eron U-20 termasi bosh murabbiyi: "Ikki gol ham g'alaba uchun etarli bo'lmadi"

U-20 Osiyo Kubogi 2-turida Avstraliyaga uchralgan 2:3 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin Eron yoshlar termasi ustozi Abdulsamad Marfoviy o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

Jamoangiz o'yini haqida fikr bildirsangiz? 

– Avstraliya terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Jamoalar bir-biriga o'xshash, ikki tomon xam bir-birini yaxshi o'rganib chiqqan ekan. Bugun qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik va ikkita gol urdik, lekin bu g'alaba uchun etarlicha bo'lmadi va mag'lub bo'ldik. 

Ikkinchi taymda, taktik uslubni o'zgartirdingiz va shundan so'ng jamoa ko'proq xujum qila boshladi, shu haqida fikr bildirib o'tsangiz? 

– Ikkinchi taym oldidan bir oz uslubimizni o'zgartirdik va ko'proq xujum qilishga o'tdik, chunki birinchi bo'limda mag'lubiyatga uchrayotgan edik. Rejamiz yaxshi ish berdi, lekin g'alaba uchun etarlicha bo'lmadi va shu sabab mag'lub bo'ldik. Bu futbol bugun g'olib bo'lasiz, ertasiga mag'lub. 

Vetnam bialn bo'ladigan keyingi uchrashuvga jamongizni qanday tayyorlaysiz? 

– Biz yana kurashga qaytishimiz kerak, futbolchilar hali yosh va ularda ruhiyat shakillanmagan va shu sabab, Vetnamga qarshi yigitlarni nafaqat jismoniy holatini, balki ruhiy tomonlama ham tayyorlashimiz kerak. 

Vetnam jamoasini o'rganib chiqdingizmi? 

– Vetnam kuchli jamoa va bizning guruhda kuchsiz jamoa yo'q. Biz Vetnam terma jamoasini o'rganib chiqdik va umid qilamizki biz so'ngi bahsda ham g'olib bo'la olamiz. 

Vetnam terma jamoasinig qay jihatlari sizni havotirga solmoqda yoki qaysi futbolchisi? 

– Vetnam yaxshi jamoa va birinchi uchrashuvda ular yaxshi uslubda o'ynagan edi, umid qilamanki uchinchi tur bahsida biz o'z taktikamizda o'ynaymiz va g'alaba qozonishga harakat qilamiz.


Abdulvosit Bektemirov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика