Eron terma jamoasi hujumchisi mavsum davomida og'riq qoldiruvchi vositalar bilan o'ynab kelmoqda
13 mar 13:31
Yangiliklar
Eron terma jamoasi hujumchisi mavsum davomida og'riq qoldiruvchi vositalar bilan o'ynab kelmoqda
Yozda "Portu"dan kelib qo'shilgan hujumchi "Inter" libosida yomon o'ynayotgani uchun tanqidlar yomg'iri ostida qolib ketdi. U mavjud vaziyat borasida quyidagicha izoh berdi:
"Deyarli butun mavsum mobaynida jarohatga yo'liqib keldim, ko'p marta og'riq qoldiruvchi vositalar bilan o'ynadim. Muxlislar mendan ko'prog'ini kutishganini bilaman, yaxshiroq o'ynashga harakat qilaman.
Men bahona topib, muammolar haqida gapirishni xohlamayman, ammo biror joying og'rib turganida o'ynash qiyin. Har qanday holatda ham mavsum oxirigacha bor kuchimni ishga solaman, ishonchni oqlashga urinaman", – dedi eronlik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi JCH 3-saralash bosqichi 8-turi doirasida Eron bilan bilan bahs olib boradi. Uchrashuv 25 mart kuni Tehrondagi "Ozodi" stadionida o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar